Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"FADIL" klinikasi soch kӯchirib ӯtkazish xizmatini taklif etadi
Hozirgi kunda aksariyat odamlarning soch to‘kilishi muammosidan aziyat chekayotgani tez-tez kuzatiladigan holat. Bu kasallik ayniqsa yoshlar orasida ham tobora avj olmoqda. Ammo endilikda bu muammoning ham oldini olish imkoniyati paydo bo‘ldi.
Xususan, Buxoro shahridagi "FADIL" trixologiya va kosmetologiya klinikasida choksiz zamonaviy FUE usulda soch ekish amaliyotlari o‘tkazilmoqda.
Markazda ana shunday amaliyotlarni o‘tkazishga imkon beruvchi eng so‘nggi asbob-uskunalar bilan jihozlangan yangi operatsiya xonasi tashkil etilgan bo‘lib, mutaxassislar Gruziya, Turkiya kabi davlatlarning bunday amaliyotlarni o‘tkazish tajribasiga ega mashhur tibbiyot muassasalarida amaliyot o‘tab kelgan.
Klinika rahbari, vrach dermatokosmetolog, trixolog, transplantolog Farrux Umurovning aytishicha, androgen kallikka duchor bo‘layotgan erkaklar soni yildan yilga oshib bormoqda.
"Androgen kallikning asosiy sababi nasliy omillar va gormonal balans buzilishi sanaladi. Hozirda bizga hatto 18-20 yoshdagi bemorlar ham murojaat qilishmoqda. Aytish kerakki, yoshlarning erta kallikka duchor bo‘layotganligi ularning hayoti sifatining pasayishiga, ruhiy tushkunlikka olib keladi. Shuning uchun ham androgen soch to‘kilishiga qarshi soch ekish amaliyotining bajarilayotganligi alohida ahamiyatga ega", – deydi u.
Bunday muolajalar jarayonida har bir soch tolasi alohida-alohida ekiladi. Bitta soch tolasini ekish jarayoni 3 bosqichdan iborat. Avvalo, donor soch tolasi ajratiladi. Keyin ekish uchun joy tayyorlanadi. So‘ngida esa ajratilgan graftlar yangi joyga ӯrnatiladi va moslashtirish jarayoni olib boriladi.
Markazda har xil jarohatlar, kuyish va turli yaralardan qolgan chandiqlarga ham soch kӯchirib ӯtkazish amaliyotlari muvaffaqiyatli bajarilmoqda.
Ekilgan sochlar ӯsishiga va qayta tӯkilmasligiga kafolat beriladi.
Murojaat uchun manzil: Buxoro shahri, H.T. Buxoriy kӯchasi, 17-uy
Telefon: +99897 7980007
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
17:00 / 11.12.2025
Xalqaro ISO standartlari de factum klinikasining ajralmas qismiga aylandi
09:40 / 03.12.2025
Qonuniy va xavfsiz klinikani qanday tanlash kerak?
19:30 / 07.11.2025
Sun’iy intellektli apparatdan premium palatalargacha: Shahrisabzdagi “Oqsaroy” klinikasi qanday imkoniyatlarga ega?
09:03 / 16.10.2025