Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oliy o‘quv yurti kafedra mudiri 1000 dollar bilan qo‘lga tushdi
Illyustrativ foto
Jizzax Davlat pedagogika institutining kafedra mudiri lavozimida ishlab kelgan Q.U. qo‘lga olindi. Bu haqda Jizzax viloyat huquqni muhofaza qilish organlari Sangzor.uz saytiga xabar bergan.
Jizzax Davlat pedagogika institutining kafedra mudiri lavozimida ishlab kelgan Q.U. ushbu oliygohning “Musiqiy ta'lim” yo‘nalishida tahsil olgan talaba M.U.ning o‘qishini “Boshlang‘ich ta'lim” yo‘nalishiga ko‘chirib berishni va'da qilib 1000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritadi.
Biroq, ishni hal qila olmagani bois jinoiy qilmishini bartaraf etish maqsadida 2018 yilning 4 oktabr kuni soat 13:00lar atrofida Jizzax shahrining “Suloqli” mahallasi hududida M.U.ga olgan pullarini qaytarib berayotgan vaqtda O‘zbekiston Respublikasi DXX va Bosh Prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat Boshqarmalari hamkorligida qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan Q.U.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
09:37 / 10.01.2026
Soxta akkaunt bilan pul undirgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
19:16 / 08.01.2026
Uchtepa tumani hokimligi xodimi 3 ming dollar bilan ushlandi
14:57 / 07.01.2026
“Yovvoyi to‘ng‘iz deb o‘ylabman” – Jizzaxda ovchi o‘z sherigini otib qo‘ydi
11:15 / 07.01.2026