Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada migrantlar bir patent bilan bir necha hududda ishlashi mumkin bo‘ladi
Amaldagi tartib bo‘yicha mehnat patenti faqat bir hududda ishlash uchun beriladi va agar migrant boshqa hududga ko‘chib o‘tsa, patentni qayta rasmiylashtirishi kerak.
Foto: Vedomosti
Rossiya Moliya vazirligi mehnat migrantlariga bir patent asosida Rossiyaning bir nechta mintaqalarida ishlash imkoniyatini beruvchi qonun loyihasini ishlab chiqdi. O‘zgartirishlar bosh vazir Mixail Mishustin va bosh vazir o‘rinbosari Tatyana Golikova topshirig‘iga asosan tayyorlangan. Agar qonun qabul qilinsa, o‘zgartirishlar rasmiy e’lon qilinganidan bir oy o‘tib kuchga kirishi taxmin qilinmoqda, deb yozdi «Vedomosti».
Qayd etilishicha, bunday patent birdaniga bir nechta hududlarda amal qiladi.
Hozir mehnat patenti faqat bir hududda ishlash uchun beriladi va boshqa hududga ko‘chib o‘tgandan keyin migrant bunday hujjatni qayta rasmiylashtirishi kerak.
YeOII mamlakatlari fuqarolari (Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston), shuningdek, yashash uchun ruxsatnoma yoki vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma egalari patent va ishlash uchun ruxsat olish zaruratidan ozod qilingan.
Ta’kidlanishicha, bir vaqtning o‘zida bir nechta mintaqalarda rasman ishlash imkonini beruvchi patentlarning joriy qilinishi qurilish sohasida mehnat resurslarining harakatchanligini oshiradi, bu sohada chet el fuqarolari ishchilar umumiy sonining salmoqli ulushini tashkil qiladi.
Agar bitta patentga ega bo‘lgan migrant mintaqalar o‘rtasida harakatlanish imkoniyatiga ega bo‘lsa, bu «arzon ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojni tezda qondirish» imkonini beradi. Bundan tashqari, bu chora migrantlar o‘rtasida vaqtinchalik ishsizlikni kamaytiradi va ularning noqonuniy xatti-harakatlar qilish xavfini kamaytiradi.
Rossiya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilda berilgan mehnat patentlari soni (mamlakatga vizasiz rejimda kelganlar uchun) o‘tgan yilga nisbatan 3,6 foizga o‘sgan va 2,3 millionni tashkil etgan.
Mavzuga oid
16:54 / 25.12.2025
6000 funt oylik, qalbaki taklifnoma va g‘oyib bo‘lgan «menejer». Soxta ish e’lonlari ortidagi firibgarlik sxemasi
14:34 / 23.12.2025
Titov: 2026 yilda Rossiyaga ishlash uchun 40 ming hindistonlik keladi
16:19 / 13.12.2025
Xorijdan pul o‘tkazmalari 11 oyda 17,3 mlrd dollarga yetdi
14:04 / 13.12.2025