O‘zbekiston | 09:40 / 30.08.2025
2141
1 daqiqa o‘qiladi

Bayram kunlari poytaxtdagi pulli avtoturargohlar bepul bo‘ladi

31 avgust va 1 sentabr kunlari poytaxtdagi barcha pulli avtoturargohlar bepul faoliyat ko‘rsatadi.

Mustaqillik bayrami munosabati bilan 31 avgust va 1 sentabr - rasmiy dam olish kunlari.

Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, shu 2 kun davomida poytaxtdagi barcha pulli avtoturargohlar bepul ishlaydi.

Qayd etilishicha, hech qanday to‘lov va jarima qo‘llanmaydi.

Mavzuga oid