Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkentda ilk yölböyi pulli avtoturargohlar sinov tarzida işga tuşirilgani haqida xabarlar tarqaldi. Spot xabar qilişiça, Toşkent şahar hokimligi matbuot xizmati bu haqidagi ma’lumotlarni tasdiqlagan.
Hokimlikning qayd etişiça, avvalroq taxmin qilinganidek, birinçi bosqiçda yöl böyi avtoturargohlari uçun 13–14 ming öringa möljallangan 86 ta pulli avtoturargoh işga tuşirilgan.
Pulli avtoturargohlardan biri Amir Temur xiyoboni atrofida joylaşgan bölib, maxsus belgi – töq sariq fonda qora rang bilan katta «P» harfi tasvirlangan. Uning narxi soatiga 12 ming sömni taşkil etadi, tölamaganlik uçun jarima közda tutilgan.
Avtoturargoh uçun tölovlarni Poytaxt Parking ilovasi orqali onlayn yoki Paynet terminallari orqali naqd pulda amalga oşiriş mumkin. Qayd etilişiça, App Store va Google Play dökonlaridan bunday ilova topilmagan. Mobil ilovani işlab çiqiş bilan pulli «parkovka» taşkil etiş huquqini qölga kiritgan Streetpark Systems kompaniyasi şuğullangan.
Yöl böyidagi dastlabki pulli avtoturargohlarni mart oyida sinov tariqasida işga tuşiriş közda tutilgandi, iyul oyidan esa pulli avtoturargohlarni ommaviy ravişda joriy etiş kutilayotgandi. Pulli avtoturargohlar törtta tarif zonasiga bölingan: soatiga 5, 8, 10 va 12 ming sömlik. Eng yuqori tarif Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelişilib, 30 ming söm etib belgilangan.
Tölovlarni nazorat qiliş maxsus planşetlar va avtomobillar bilan joylarda tekşiruvçi videokuzatuv kameralari yordamida amalga oşiriladi. Tölov qilmaganlik uçun ma’muriy javobgarlik faqat 2026 yildan joriy etilişi mumkin.
Barçasi – bitta kompaniyaga
Toşkent şahrida köçalar böyida parkomat bilan jihozlangan pulli avtoturargohlar taşkil etilişi haqida 2018 yildan buyon aytib












