Şu bilan birga, köçadagi avtoturargohlarni tartibga soliş va beqaror, xaotik turiş holatlariga barham berişga, barça yöl harakati qatnaşçilari uçun xavfsizlik va qulaylik darajasini oşirişga erişiş mumkin. Şuningdek, şahar transport infratuzilmasini rivojlantiriş uçun qöşimça moliya manbai yaratiladi.

Xorijiy tajriba ham tölovli avtoturargohlar transport oqimini yaxşilaşga yordam berganini körsatadi. Masalan, Moskva, Budapeşt, Olmaota va boşqa şaharlarda bunday tizim joriy etilganidan söng tirbandliklar 15–25% ga kamaygan. Poytaxt Toşkent şahrida ham şu kabi natijaga erişiş kutilmoqda.

Bundan taşqari, loyihada şahar hududi avtoturargohga bölgan talab va yuklamasiga qarab turli toifalarga bölingan:

● A hudud (şahar markazi) — 12 000 söm/soat;

● B hudud — 10 000 söm/soat;

● C hudud — 8 000 söm/soat;

● D hudud — 6 000 söm/soat;

● E hudud — 5 000 söm/soat.

Bugungi kunga kelib, pulli avtoturargohlar quyidagi manzillarda joriy etilmoqda:

Amir Temur maydoni atrofi;

Istiqlol köçasi (Kutubxonadan Amir Temur köçasigaça bölgan qismi);

Istiqbol köçasining boşqa uçastkalari;

Sodiq Azimov köçasi (Istiqbol köçasidan Amir Temur köçasigaça) va Mirobod tumani hududida.

Şahrisabz köçasi (Istiqbol köçasidan Taras Şevçenko köçasigaça)