Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olmaliqda Qo‘riqlash departamenti xodimi o‘zini otib qo‘ydi
Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash departamentining Olmaliqda xizmat olib borgan xodimi navbatchilikdan chiqib, xizmat quroli bilan uyiga ketgan. Shundan so‘ng 37 yoshli xodim uyida o‘z quroli bilan joniga qasd qilgan.
Foto: qbb.uz
Kun.uz manbalariga ko‘ra, fojia 29 avgust kuni erta tongda sodir bo‘lgan. Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash departamenti xodimi M.O. o‘sha tunda navbatchilikda bo‘lgan. Manbaga ko‘ra, xodim ertalab «uyga borib kelishini aytib ketgan va o‘z uyida xizmat quroli bilan o‘zini otgan». Hodisa sabablari ma’lum emas.
Kun.uz voqea yuzasidan rasmiy munosabat so‘rab Ichki ishlar vazirligi Qo‘riqlash departamenti matbuot kotibi Sardor To‘yboyev bilan bog‘landi.
«Kecha haqiqatan ham xodimimiz o‘zini otgan. Holat xodimning uyida bo‘lgan, u o‘ziga biriktirilgan tabel quroli bilan o‘zini otgan. Aslida xizmat quroli navbatchilikdan so‘ng batalonga olib borib topshirilishi kerak edi. Lekin xodim boshqacha yo‘l tutgan. Ayni vaqtda marhum xodimga nisbatan sudga oid ekspertiza tayinlangan», deya Kun.uz'ga izoh berdi Qo‘riqlash departamenti matbuot kotibi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, xodim 37 yoshda bo‘lgan. Hodisa sabablari va ishga doir boshqa tafsilotlar prokuratura organlari tomonidan o‘rganilmoqda.
Mavzuga oid
12:46 / 26.12.2025
IIV: yangi yil “sovg‘alari” orqali Telegram’da fishing va zararli havolalar ko‘paymoqda
20:37 / 23.12.2025
O‘zbekistonliklar 11 oyda kiberjinoyatlardan 1 trln 890 mlrd so‘m zarar ko‘rdi
19:13 / 23.12.2025
“2025 yilda xizmat vazifasini bajarish chog‘ida 6 nafar xodim vafot etdi, 131 nafari jarohatlandi” – IIV
18:38 / 23.12.2025