Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilish yo‘lga qo‘yildi
Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa o‘rnatish imkonini beruvchi maxsus Telegram-bot ishga tushirildi.
Foto: Videodan kadr
Ma’lum qilinishicha, @iiv_shxbb_bot orqali fuqarolar ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilayotgan korrupsiya, tamagirlik yoki boshqa noqonuniy xatti-harakatlar haqida tez va oson xabar berishi mumkin.
Shuningdek, mazkur bot orqali xodimlarning xizmat faoliyati davomida duch kelayotgan muammolari haqida ham murojaat yo‘llash imkoniyati yaratilgan.
Qayd etilishicha, har bir kelib tushgan xabar tezkor ravishda tekshiriladi va murojaat etuvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.
Mazkur botning asosiy maqsadi — Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi bilan samarali aloqa o‘rnatish, tizimda shaffoflik va adolatni ta’minlash, shuningdek huquqbuzarliklarning oldini olishdan iborat.
Fuqarolar, shuningdek, qo‘shimcha ravishda 71-231-31-74 ishonch telefoni orqali ham murojaat yo‘llashi mumkin.
Mavzuga oid
10:24 / 24.05.2026
$57 millionlik ezgu tashabbus va IIVdagi ikki xil standart - hafta dayjesti
11:51 / 22.05.2026
IIV, Adliya va Tog‘-kon vazirligi - davlat boshqaruvidagi eng ilg‘or idoralar
17:45 / 30.04.2026
Forma ortidagi sxema: Samarqandda leytenant million dollarlik ishda gumonlanmoqda
15:23 / 13.04.2026