Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda yangi jurnal tahririyati tashkil etiladi
O‘zbekistonda “Baxshi” jurnali tahririyati tashkil etiladi. Vazirlar Mahkamasining bu haqdagi tegishli qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining “Baxshi” jurnali tahririyatini tashkil etish haqidagi taklifi ma’qullanishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan jurnal tahririyatini muassislari etib belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi jurnalning Nizomini ishlab chiqadi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi:
jurnal tahririyatida faoliyat yuritayotgan xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha razryadlar va shtatlar jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlanishini;
jurnalda chop etiladigan maqolalar uchun mualliflik haqi to‘lashni tartibga soluvchi tegishli me’yoriy-huquqiy hujjat ishlab chiqilishini;
jurnal tahririyati faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlaydi.
Jurnal tahririyati bosh muharriri madaniyat vaziri tomonidan tayinlanishi va vazifasidan ozod etilishi belgilab qo‘yiladi.
Jurnal tahririyati Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Navoiy ko‘chasi, 30-uy manzilida joylashgan O‘zbekiston Milliy axborot agentligi binosida ijara to‘lovi undirilmasdan joylashtiriladi.
Jurnalining pul mablag‘lari quyidagilar hisobiga shakllantirilishi inobatga olinadi:
jurnalni sotishdan tushadigan mablag‘lar;
yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya ehsonlari, xorijiy va xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlarning grantlari;
budjet mablag‘lari (subsidiya);
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
Belgilab qo‘yilishicha, budjet mablag‘lari (subsidiya) jurnalning o‘z daromadlari bilan qoplanmagan saqlash xarajatlarining tegishli qismini moliyalashtirish uchun ajratiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi jurnalni muntazam ravishda imtiyozli narxlarda chop etish bo‘yicha choralar ko‘radi.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi:
jurnal tahririyatini xizmat telefonlari, jumladan, shahar telefoni, internet va boshqa aloqa vositalari bilan ta’minlaydi;
jurnalni muntazam ravishda obunachilarga imtiyozli narxlarda yetkazilishi bo‘yicha choralar ko‘radi;
jurnalning veb-saytini yaratishda ko‘maklashadi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tasarruflaridagi muassasalar, oliy o‘quv va ilmiy-tekshirish institutlari imkoniyatlarini safarbar qilish va chet mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalarini bog‘lashda tahririyatga amaliy yordam ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Uzbekistan Airways va Uzbekistan Airports aksiyadorlik jamiyatlari, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda jurnalni mamlakatimiz fuqarolari orasida hamda chet davlatlarda keng targ‘ib etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik va konsullik muassasalari, aeroportlar kutish zallari va samolyotlar salonlari, vokzallar va poyezdlar, kutubxonalar va mehmonxonalar hamda yurtimiz muzeylarida belgilangan tartibda targ‘ib etishni amalga oshiradi.
Mavzuga oid
22:08 / 07.03.2024
«Mushtum» jurnali faoliyatini davom ettirishini e’lon qildi
16:34 / 06.03.2024
“Mushtum” jurnali faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
20:46 / 27.12.2023
«Qadriyat» elektron platformasi va mobil ilovasi yaratiladi
13:21 / 03.08.2023