Andijon viloyati hokimligining ikki xodimi 10,5 yilga qamaldi
Andijon viloyati hokimligi qoshidagi direksiya bosh mutaxassisi va hokimlik tuzilmasidagi boshqarma g‘aznachisi yer sotishga doir 135 ming dollarlik pora ishida aybdor deb topildi.

"O‘zbekiston 24" telekanali efiridan kadr
4 iyun kuni Andijon viloyat sudida viloyat hokimligining ikki xodimi ustidan 135 ming dollarlik korrupsion jinoyat ishi bo‘yicha hukm o‘qildi.
Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidovning ma'lum qilishicha, sud hukmi bilan quyidagi to‘rtala sudlanuvchi ham aybdor deb topilgan:
- Oybek Abdujalilov – 2019 yil 1 noyabrdan hozirgi kunga qadar Andijon viloyati hokimligi huzuridagi «Kichik sanoat zonalarini boshqarish yagona direksiyasi» bosh mutaxassisi lavozimida ishlagan;
- Umidjon Soliyev – Andijon viloyati hokimligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi xo‘jalik mudiri – kassir lavozimida ishlagan;
- Abdulhamid Usvaliyev – «Universal vodiy gips» MChJ rahbari lavozimida ishlagan;
- Abdurahmon Usvaliyev – fuqaro.
Ish hujjatlari va sudda aniqlangan holatlarga ko‘ra, sudlanuvchilar oldindan til biriktirib, bir guruh bo‘lganlari holda jabrlanuvchi I.Dadaxo‘jayevga Xo‘jaobod tuman hokimiyati mansabdor shaxslari orqali tuman hududidan chorvachilik fermer xo‘jaligi tashkil qilish uchun jami 100 gektar yer maydoni ajratib, hujjatlarini tayyorlab berishlari evaziga, firibgarlik yo‘li bilan uni jami 135 ming dollar miqdorida pora berishga dalolat qilgan.
Guruh a'zolari 2021 yil 26 mart kuni I.Dadaxo‘jayevdan kelishilgan summaning dastlabki 7 000 dollarini olgan. 29 mart kuni esa qolgan 128 ming dollarni Andijon shahar Bo‘ston dahasida joylashgan «UzDongYang-Ko» qo‘shma korxonasi oldida olayotganlarida DXX va departament xodimlari tomonidan ushlangan.
Shu kuni O.Abdujalilovning ixtiyoriy roziligiga ko‘ra davom ettirilgan tezkor tadbirda, U.Soliyev talab qilingan 135 ming dollar miqdoridagi pullardan o‘ziga tegishli 70 ming dollarni jinoiy sherigi O.Abdujalilovdan Andijon shahar, Pushkin ko‘chasida joylashgan RShTYoIM Andijon filialining avtoturargohida olgan vaqtida DXX hamda departament xodimlari tomonidan ushlangan.
Sud hukmi bilan to‘rtala sudlanuvchi ham Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi «a» bandi va 28,211-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan aybli deb topildi.
Oybek Abdujalilov va Umidjon Soliyev 3 yil mansabdorlik lavozimlari va moddiy javobgarlik yuklatilgan vazifalarda ishlash huquqidan mahrum qilingan holda, 10 yil 6 muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Abdulhamid Usvaliyev va va Abdurahmon Usvaliyev 10 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, 3 iyun kuni prezident huzurida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda hokim qarori bilan nodavlat sektorga yer ajratish hamda yerlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri berish amaliyotlari bekor qilinishi ma'lum qilindi.
Tavsiya etamiz
Tramp: «Ukrainaga bosim o‘tkazishga majbur bo‘lgandik»
Jahon | 20:53 / 18.03.2025
«Begonalar zulm qilgani yo‘q, ammo o‘zimiznikilardan yordam kutmay qo‘ygandik» - sudjaliklar
Jahon | 12:32 / 18.03.2025
Kurskdagi qurbonlar - komendantlik soatini buzganlar, vayronalar ostida qolganlar va yuragi dosh bermaganlar
Jahon | 10:25 / 18.03.2025
Magic City'ning egasi yana o‘zgaradi
O‘zbekiston | 21:22 / 17.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda Hunarmandlar markazi qurilishi kerak bo‘lgan yerga qurilgan “dom” buziladigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 15:49
-
Rossiya harbiylari Putinning buyrug‘idan so‘ng Ukrainaga uchirgan o‘z dronlarini urib tushirgan
Jahon | 15:35
-
Buyuk Britaniyada elektr uchar taksilar xizmati yo‘lga qo‘yiladi
Fan-texnika | 15:33
-
AQShda humanoid robotlar o‘ziga o‘xshash mashinalarni yaratadigan zavod ochilmoqda
Fan-texnika | 15:23
Mavzuga oid

19:06 / 18.03.2025
Bo‘stonliqda 20 sotix yerni 230 ming dollarga sotishga uringan shaxslar ushlandi

13:14 / 17.03.2025
Sog‘liqni saqlash, bandlik, bank sohalarida korrupsiyaviy holatlar yuqori – Senat

23:32 / 15.03.2025
Toshkent viloyatida 1 mln dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

10:22 / 14.03.2025