Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Abdurahmonov atrofida kim yurganini sezmaydimi?» - Prezident korrupsiya holatlari uchun mutasaddilarni tanqid qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish masalalari bo‘yicha videoselektor chog‘ida Samarqand va Andijon misolida korrupsiyaga qarshi kurashish sustligi uchun mutasaddilarni qattiq tanqid qildi.
«Ko‘p joylarda mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, yo‘l, suv, qurilish, tibbiyot, maktabgacha ta'lim sohasida tushunmagan rahbarlar juda katta korrupsiyaga berilib ketgan. Peshona terimiz bilan mana shunday og‘ir, shiddatli zamonda, tahlikali zamonda, koronavirus pandemiyasi paytida iqtisodiyotimizni barqaror qilish, bir so‘m pulni topib xalqimizga yetkazish bo‘yicha juda katta harakatlar qilyapmiz.
Endi qonun ustuvor, jazo muqarrar bo‘ladi.
Xalqimizning oldida uzr so‘rab, oxirgi marta sizlarni ogohlantirmoqchiman.
Quyi bo‘g‘inlarda qancha korrupsiya holatlari bor. Mana Samarqand viloyati hokimi gapirib bersin... Maktabgacha ta'limda, tibbiyotda qancha poraxo‘rlar borligini.
Mana, Andijonda viloyat hokimligining bitta noinsofi 128 ming dollar olgan, 30 ming olgan. Nima, Abdurahmonov, xizmatning rahbari bilmaydimi? Prokuror bilmaydimi? Abdurahmonov atrofida kim yurganligini sezmaydimi?
Bitta odamni norozi qilib, 5 dollar olgan bo‘lsa ham, prezident siyosatiga xiyonat deyiladi», degan davlat rahbari.
Bundan avvalroq Andijon viloyati hokimligi huzuridagi kichik sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi xodimi 2 nafar sherigi bilan o‘zaro til biriktirib, mahalliy fuqaroga fermer xo‘jaligi tashkil qilishi uchun Xo‘jaobod tumani hokimiyatidagi mansabdor tanishlari orqali 100 gektar yer ajratib, tegishli hujjatlarni tayyorlatib berish evaziga undan 128 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
15:16 / 14.10.2025
Soliqlar vaqtida to‘langan mahallalarga «Tashabbusli budjet»da qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi
15:09 / 14.10.2025
Mahalla hududidagi ayrim jarimalarning 10 foizi mahalla budjetiga yo‘naltiriladi
14:40 / 14.10.2025
33 ta tumanga 100 milliard so‘mdan ajratiladi
18:31 / 28.08.2025