Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Falastin BMT tashkilotiga a'zo bo‘lish masalasini yana ko‘taradi
Foto: © Flickr
Falastinning BMTdagi doimiy kuzatuvchisi Riyoz Mansur Falastin davlati BMT Xavfsizlik kengashi a'zolari bilan xalqaro tashkilotning to‘laqonli a'zosi maqomini olish masalasi bo‘yicha maslahatlashuvlarni qayta boshlashi hamda Isroil okkupatsiyasi to‘xtatilishiga qaratilgan rezolyutsiyaning qabul qilinishiga erishishga yana harakat qilishini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.
"Biz Xavfsizlik kengashi a'zolari bilan Isroil qishloqlari bo‘yicha rezolyutsiya qabul qilinishi maqsadida maslahatlashuvlar boshlaymiz", deb aytdi Mansur.
Mansurning aytishicha, Falastin delegatsiyasi bu masalani Xavfsizlik kengashida arab davlatlarini bildiruvchi Misr delegatsiyasi hamda oktabrda Xavfsizlik kengashiga raislik qilayotgan Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vitaliy Churkin bilan muhokama qiladi.
"Bundan tashqari, biz Xavfsizlik kengashi a'zolari bilan bizning BMTga qabul qilinishimiz masalasiga qaytish bo‘yicha maslahatlashuv o‘tkazamiz. Bu yetakchilarimizdan ko‘rsatma olingan ikkita masaladir", deb qo‘shimcha qildi Mansur.
Falastin BMTda kuzatuvchi davlat maqomini olgan, unga to‘laqonli a'zo maqomini olish uchun Xavfsizlik kengashining roziligi kerak. Ayni vaqtda Isroilning bosh ittifoqchisi hisoblanuvchi va Xavfsizlik kengashining istalgan qarorini bloklab qo‘ya oladigan AQShning pozitsiyasi sababli buning imkoni bo‘lmayapti.
Falastin davlati rasman 135 ta davlat tomonidan tan olingan hamda Arab davlatlari ligasi tarkibiga kiradi.
Mavzuga oid
22:54 / 01.01.2026
Isroil o‘nlab notijorat nodavlat tashkilotlariga G‘azoda ishlashni taqiqladi
11:44 / 30.12.2025
HAMAS G‘azo sektoridagi bo‘limi rahbari halok bo‘lganini tasdiqladi
20:52 / 25.12.2025
Falastinni parchalash: G‘arbiy sohil xaritasi qanday o‘zgaryapti?
10:53 / 24.12.2025