Yevropa Ittifoqi va AQŞda terroristik taşkilot deb tan olingan HAMAS harakati vakillari taşkilotning Ğazo sektoridagi rahbari Muhammad Sinvar (2024 yil oktyabridan bu lavozimda bölgan) hamda harbiy qanot matbuot kotibi Abu Ubaydaning halok bölganini tasdiqladi. Bu haqda Reuters agentligi duşanba kuni, 29 dekabrda xabar berdi.
HAMAS ma’lumotiga köra, Sinvar — avvalroq yöq qilingan harakat rahbari Yahyo Sinvarning ukasi va Ubayda 2025 yil boşida Ğazodagi uruş davomida halok bölgan. Isroil tomoni Muhammad Sinvarning may oyida öldirilganini aytgan, Ubaydaning ölimi haqida esa avgust oxirida xabar berilgan.
May oyida ommaviy axborot vositalari Muhammad Sinvarning jasadi Ğazo sektori janubidagi Xon-Yunusdagi tonneldan topilgani haqida yozgan. Öşanda u bilan birga uning ön nafar yordamçisining jasadlari ham topilgani aytilgan. Şuningdek, “Rafah” brigadasi qömondoni Muhammad Şabana ham halok bölgani haqida xabar qilingan. U paytda HAMAS bu xabarlarga izoh bermagan.
Isroil mudofaa vaziri Israel Kats öşanda Sinvar “barça alomatlarga köra” Isroil zarbasi natijasida öldirilganini aytgan. Biroq u bu ma’lumot rasman tasdiqlanmaganini ham qöşimça qilgan.
Yaqin Şarqdagi vaziyat 2023 yil 7 oktyabrda keskinlaşgan. YeI va AQŞda terroristik deb tan olingan HAMAS harakati Isroilga keng kölamli hujum uyuştirgan. Jangçilar Isroilga ommaviy raketa zarbalarini bergan, uning hududiga bostirib kirgan va taxminan 1200 kişini öldirgan. Şuningdek, jangçilar 250 nafardan ortiq garovga olinganlarni asirga olib, Ğazo sektoriga olib ketgan. Garovdagilarning bir qismi almaşuv yoki ozod qiliş orqali qaytarilgan, bir qismi halok bölgan.
Bunga javoban Isroil HAMASga qarşi uruş e’lon qilgan. Quruqlikdagi operatsiya va Ğazo sektorining bombardimon qilinişi oqibatida 70 mingdan ortiq falastinlik halok bölgan, yana 169 mingdan ziyodi yaralangan.
Ğazo sektorida öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuvga Misrda 13 oktyabr kuni erişilgan. Isroil va HAMAS örtasidagi kelişuvlar ijrosiga AQŞ, Turkiya, Qatar va Misr kafil bölgan.













