Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“O‘zbekneftgaz” AJ tashabbusi bilan 4750 metr chuqurlikkacha burg‘ilanayotgan tabiiy gaz koniga press-tur tashkil qilindi
29-30 yanvar kunlari “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati “Sho‘rtanneftgaz” boshqarmasi tomonidan tabiiy gaz qazib chiqarilishi va uni qayta ishlash jarayonlari bilan tanishtirish maqsadida press-tur o‘tkazildi.
Aytish mumkinki, Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida so‘nggi yillarda bir qator yangiliklarga qo‘l urildi. Jumladan, jamiyatga qarashli “Sho‘rtan” konining eng quyi qatlamlarini o‘zlashtirish maqsadida yangi “Terrigen-1” yura qudug‘ini burg‘ilashga tayyorgarlik jarayonlari olib borildi. 2021 yilda “Sho‘rtan” koni hududida “3D” seysmik-qidiruv ishlari yo‘lga qo‘yilib, konning imkoniyatlari tahlillar asosida muhokama qilindi. 300 dan ortiq quduqlarning ma’lumotlari tahlil qilindi, kompleks raqamli modellashtirish asosida yangi “Terrigen-1” qudug‘ini burg‘ilash uchun asos yaratildi.


Natijada “Sho‘rtan” koni hududida tarixda ilk bor 4750 metr quyi terrigen qatlamigacha tushish va shu chuqurlikka qadar burg‘ilash ishlari amalga oshirildi. Ommaviy axborot vositalari “O‘zbekneftgaz burg‘ilash ishlari” korxonasi tomonidan burg‘ilanayotgan mazkur quduqdagi ish jarayonlari bilan tanishdilar.


Press-tur qatnashchilari G‘uzor tumani aholisini tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida “Nomozboy” konidagi past bosimli quduqlardan gaz qazib olishni qayta yo‘lga qo‘yish uchun qurilgan gazni dastlabki tayyorlash qurilmasining ishlash jarayoniga guvoh bo‘ldilar. Ushbu konda tseolit yordamida gazni quritish qurilmasi ham ishga tushirilgani ma’lum qilindi. Konning past bosimli quduqlaridan qazib olinayotgan tabiiy gaz ushbu qurilmalarda tayyorlanib, “Hududgazta’minot” AJning G‘uzor gaz taqsimlash stansiyasiga yetkazib berilmoqda.


Ma’lumot o‘rnida aytish mumkin, «Nomozboy» gaz konidan 2014 yildan boshlab sanoat miqyosidagi tabiiy gaz qazib olinyapti.
OAV vakillari «Sho‘rtan» neft va gaz qazib chiqarish zavodi muzeyi bilan tanishdilar. Muzeyda nafaqat zavod tarixi, balki bugun va ertasi haqida ham ma’lumot berildi.


Press-tur qatnashchilari tadbirning ikkinchi kunida Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining ishlab chiqarish dispetcherlik xizmati faoliyati bilan tanishdilar. Aytish mumkinki, dispetcherlik xizmati jamiyatga qarashli bo‘lgan bo‘limlar tomonidan gaz, neft, gaz kondensati, oltingugurt qazib chiqarish va qayta ishlash obektlari ish jarayonlarini nazorat qiluvchi hamda muvofiqlashtiruvchi xizmat hisoblanadi. Ushbu xizmat gaz qazib chiqarish, qayta ishlash hamda gaz, neft va kondensat, PBF, oltingugurt qazib chiqarish va mahsulotni yetkazish bo‘yicha shartnomaviy majburiyatlarning bajarilishini ta’minlaydi. Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi tomonidan «ShGKM» MChJ va «O‘ztransgaz» AJ tasarrufidagi magistral gaz quvurlariga uzatilayotgan gaz sarfi, tozaligi bo‘yicha rejimlarni me’yor darajasida bo‘lishini ta’minlaydi.





Aytish mumkinki, «O‘zbekneftgaz» AJ 2022 yilda ham keng miqyosda geologiya va burg‘ilash ishlarini davom ettirib, yangi kon va quduqlarni ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Birgina Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi tomonidan 2021 yilda 9 mlrd kub metrdan ortiq tabiiy gaz qazib chiqarildi va 2022 yilda bundan ham ko‘proq natijaga erishish maqsad qilingan.
Jurnalist Isomiddin Po‘latov
Operator va montaj ustasi Faxriddin Hotamov
Mavzuga oid
09:05 / 01.02.2026
Qamoqdagi kattakonlar, antikorrupsiya vertikali va tug‘ilishning pasayishi - hafta dayjesti
11:37 / 19.12.2025
Neft-gaz sohasida kutilgan natijalarga erishilmayapti - Qo‘chqorov
20:28 / 17.12.2025
«O‘zbekneftgaz» Trampga yaqin ekani aytiladigan lobbi kompaniya bilan 5 yillik shartnoma imzoladi
18:59 / 17.12.2025