Jamiyat | 11:00 / 04.05.2017
8937
2 daqiqa o‘qiladi

Latviyada Mustaqillik kuni nishonlanmoqda

Foto: ria.ru

Latviyada 4 may kuni Latviya Respublikasi Mustaqilligi tiklanishi kuni konsertlar, velopoygalar va mushakbozlik bo‘yicha xalqaro tanlov bilan nishonlanadi.   

Latviyada bu kun davlat bayrami hisoblanadi. 1990 yil aynan shu kuni Latviya sobiq ittifoqi respublikasi oliy kengashi ko‘pchilik ovoz bilan Latviya Respublikasi tiklanishi Deklaratsiyasini qabul qilgan.

"Latviyani quchog‘ingga bos" deb nomlangan katta ko‘lamli tadbir 4 may kuni boshlanib, 2018 yilda mamlakatning 100 yilligi nishonlanishini ochib beradi. Tadbir davomida Latviya atrofida mamlakatning ma'naviyati himoyachilari ramzi sifatida 100 ta eman daraxti ekish rejalashtirilmoqda. Emanlar Latviya chegaralari bo‘ylab hamda poytaxt Rigada ekiladi.   

Rigada bayram kuni Ozodlik haykali yonida an'anaviy gullar kompozitsiyasi tuziladi. 

Kechki payt sohilbo‘yida Meksika, Angliya va Finlyandiyadan kelgan mehmonlar ishtirokida mushakbozlik bo‘yicha xalqaro tanlov bo‘lib o‘tadi. Shu kuni jamoat transportida yurish bepul bo‘ladi.

Yurmala shahrida uchinchi marotaba Mustaqillik kuniga bag‘ishlangan velopoyga uyushtiriladi. 

Mavzuga oid