Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Ramazon oyi 2 apreldan boshlanadi
O‘zbekistonda “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida” prezident qarori imzolandi. Unga ko‘ra, 2022 yilgi muborak Ramazon oyining boshlanishi 2 aprel kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma’lumot uchun qabul qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasidan ma’lum qilishlaricha, idora Ulamolari kengashi tomonidan Islom dini manbalari va astronomik ma’lumotlarga tayangan holda 2022 yilda Ramazon oyining birinchi kuni 2 aprel, shanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida xulosa qilingan.
Avvalroq Toshkent shahridagi masjidlarda tarovih namozlarining kunlik taqsimoti e’lon qilingan edi.
Unga ko‘ra, xatmi Qur’on ro‘zaning birinchi kunidan boshlanib, 27 sana – Qadr kechasida yakunlanishi mo‘ljallanmoqda.

Mavzuga oid
17:44 / 25.03.2025
Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘istonda joriy Ramazon oyi 29 kunda yakunlanishi kutilyapti. 30 mart Hayit bo‘lishi mumkin
10:32 / 01.03.2025
Saida Mirziyoyeva Ramazon oyi munosabati bilan o‘zbekistonliklarni tabrikladi
22:08 / 28.02.2025
Shavkat Mirziyoyev Ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga tabrik yo‘lladi
17:09 / 28.02.2025