Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Professional ta'limda pedagog kadrlar malakasini oshirish tizimi o‘zgaradi
Professional ta'lim tizimi boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi tubdan takomillashtiriladi.
Foto: Shutterstock
Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasiga ko‘ra, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining:
idoraviy bo‘ysunuvidan qat'i nazar professional ta'lim tizimi boshqaruv va pedagog kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash Vazirlik huzuridagi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta'limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti tomonidan tashkil etilishi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida professional ta'lim muassasalarining o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta'limi ustalarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni ixtisoslashgan oliy ta'lim muassasalari huzuridagi markaz (fakultet)larda tashkil etish;
professor-o‘qituvchilarga oliy ta'lim muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash miqdorlari va shartlarini tatbiq etish, bunda, bir nafar o‘qituvchi hisobiga to‘g‘ri keladigan tinglovchilar nisbatining cheklangan normativlari oliy ta'lim muassasalari uchun belgilangan normativlaridan 25 foiz past etib belgilash to‘g‘risidagi takliflariga rozilik beriladi.
Boshqarma va bo‘limlarda faoliyat ko‘rsatayotgan uslubchi va dasturchi-muhandis shtat birliklari negizida bosh mutaxassis va yetakchi mutaxassis shtat birliklari joriy etiladi.
2021 yil 1 yanvardan boshlab mehnatga haq to‘lash shartlari bo‘yicha Institut direktori oliy ta'lim muassasasi rektoriga, direktor o‘rinbosarlari – oliy ta'lim muassasasi prorektoriga, boshqarma va bo‘lim boshliqlari – fakultet dekaniga, bosh mutaxassis – katta o‘qituvchiga, yetakchi mutaxassis – o‘qituvchiga tenglashtiriladi.
Belgilanishicha:
Vazirlik, idoraviy bo‘ysunuvidan qat'i nazar professional ta'lim tizimi boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning uzluksiz malakasini oshirish hamda metodik ta'minlash borasida yagona davlat siyosatini yuritadi;
Institut professional ta'lim tizimi boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimida yagona me'yoriy-uslubiy bazani ishlab chiqish, o‘quv jarayonini tashkil etish yuzasidan metodik rahbarlikni amalga oshirish, ta'lim sifatini nazorat qilish bo‘yicha bosh muassasa hisoblanadi;
malakaviy ishlarni bajarish bo‘yicha maslahatlar berish hamda davlat attestatsiya komissiyasi ishlariga jalb etiladigan professor-o‘qituvchilar, vazirlik, idoralar, tashkilotlar, tijorat banklari va yirik korxonalar mutaxassislariga belgilangan tartibda soatbay asosida ish haqi to‘lanadi. Bunda soatbay ish haqi fondi malakaviy ishlarni bajarish bo‘yicha maslahatlar berish hamda davlat attestatsiya komissiyasi ishlarida bajarilgan soatlardan kelib chiqib belgilanadi;
qayta tayyorlash va malaka oshirish yakuni bo‘yicha tinglovchilarga beriladigan davlat namunasidagi hujjatlar Institut tomonidan Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ta'minlanadi.
Quyidagilar Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilanadi:
Davlat budjeti mablag‘lari;
davlat ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirish uchun ajratilgan Davlat budjeti mablag‘lari;
respublika ilmiy-tadqiqot loyiha grantlari;
xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari;
shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan tushumlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Mavzuga oid
09:15 / 02.04.2026
Ta’lim xizmatlari O‘zbekistonda o‘sish sur’ati bo‘yicha yetakchi bo‘ldi
10:40 / 18.03.2026
Navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘ta olmagan pedagoglar ishdan bo‘shatilmaydi
15:39 / 12.03.2026
Pedagoglar uchun har yillik majburiy tibbiy ko‘rik joriy etilishi mumkin
13:31 / 11.03.2026