Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Armanistonga Rossiyaga energetik qaramlikdan qutulish uchun 9 mlrd dollar ajratadi
9 fevral kuni AQSh vitse-prezidenti Jyey Di Vens Yerevanda Armaniston hukumati rahbari Nikol Pashinyan bilan yadro energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi.
Kelishuv Amerika kompaniyalariga Armanistonga yadroviy texnologiyalar, shuningdek, yoqilg‘i va xizmatlarni eksport qilish imkonini beradi. Bundan tashqari, AQSh kompaniyalari mamlakat elektr energiyasining qariyb 40 foizini ta’minlaydigan Armaniston AESni kichik modulli reaktorlarga almashtirish bo‘yicha tanlovda ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.
Vens Armanistonga ikki bosqichda jami to‘qqiz milliard dollar sarmoya kiritilishiga va’da berdi, deb xabar bermoqda Armanistonning «Arka» agentligi. Bu Armanistonga Rossiya yadro energetikasidan voz kechish imkonini beradi, deb yozadi Bloomberg.
Vensning Yerevanga tashrifi oldidan Armaniston vakillari «Rosatom» rahbariyati bilan uchrashgan. Rossiya davlat korporatsiyasi Armanistonga «har tomonlama hamkorlik»ni va’da qildi.
Armaniston Rossiya amalda Yerevanni Boku bilan mojaroda qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortganidan keyin AQSh va Yevropa Ittifoqi bilan ko‘proq hamkorlik qilishga qaror qildi. 2025 yilda Armaniston parlamenti mamlakatning Yevropa Ittifoqiga kirishini boshlash to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. O‘shanda Armaniston AQSh bilan Strategik sheriklik to‘g‘risidagi xartiyani imzolagandi. Rossiyada esa so‘nggi yillarda Armaniston hukumati bir necha bor tanqid qilindi.
Mavzuga oid
10:00 / 29.03.2026
Lixachyov aytgan trillionlar va budjet gardanidagi futbol - hafta dayjesti
17:20 / 28.03.2026
AESda vodorodli portlashdan himoya qoidalari tasdiqlandi
20:56 / 25.03.2026
O‘zbekistonda kichik AES qurilishi Rossiya kompaniyalarini 2 trillion rublgacha buyurtmalar bilan ta’minlaydi – Lixachyov
17:34 / 24.03.2026