IIB “Dindorlarga qarshi qatag‘on Namangan viloyatida davom etadi” nomli xabarga munosabat bildirdi
Ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh ro‘mol o‘ragan o‘quvchi qizlar Ichki ishlar organlari xodimasi qarshisi tik turgani aks etgan surat tarqaldi. Oradan ko‘p o‘tmay ushbu suratlarga mos ravishda “Dindorlarga qarshi qatag‘on Namangan viloyatida davom etadi” nomli xabar tarqatildi. Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi mazkur surat va maqolaga nisbatan munosabat bildirdi.
IIBning qayd etishicha, 8 aprel kuni Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 10-sonli maktab tomonidan tuman IIBga aloqa xati yuborilgan.
Unda maktabda avvaliga 5 nafar, oxirgi kunlarda 10 nafar qizlar belgilangan tartibdagi maktab formasini kiyib yurish qoidalariga rioya qilmayotgani, ularga bir necha marotaba maktab formasida, lozim bo‘lsa, oddiy ro‘mol o‘rab kelishlari to‘g‘risida tushuntirilgani, biroq ota-onalar ham, qizlar ham maktabning ichki tartib-qoidalariga rioya qilmayotgani ma'lum qilingan.
10 aprel kuni ushbu maktabda targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish maqsadida 9—11-sinflar o‘rtasida jinoyat sodir etilishining oldini olish yuzasidan muhokama yig‘ilishi tashkil etilgan.
Muhokama davomida aloqa xatida ko‘rsatilgan qizlar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilgan va ularga Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 avgustdagi 666-sonli qarori tushuntirilgan.
«Suhbat yakunida o‘quvchi qizlarga maktabga belgilangan tartibda kiyinib kelishlari, hijobda emas ro‘mol o‘rashlari mumkinligi, bunga hech kim qarshilik ko‘rsatmasligi tushuntirib o‘tilgan», — deyiladi munosabatda.
Mavzuga oid
10:06 / 24.11.2024
Halollik mukofoti: yo‘ldan topilgan 5 ming dollarni egasiga qaytargan haydovchi haqida hikoya
16:39 / 15.11.2024
Namangan viloyat sudi raisi o‘rinbosarining qilmishi yashirilmoqda: yopig‘lik qozon yopig‘ligicha qoladimi?
12:19 / 07.10.2024
Namanganda o‘zganing fotosuratlarini internetda tarqatishini aytib pul talab qilgan shaxs ushlandi
18:33 / 02.10.2024