Maqolada sönggi yillarda Özbekiston fuqarolik jamiyatida kuzatilayotgan tendensiyalar va bu jarayonlardagi qarama-qarşilik haqida söz boradi.

Mualliflarga köra, saqlanib qolayotgan muammolarga qaramay, ayni damda Özbekistondagi fuqarolik jamiyatini mamlakatning eng yaqin tarixidagi eng faoli deyiş mumkin.

«COVID-19 pandemiyasi davrida bu sektorning faoliyati öta muhimligi yaqqol körindi, çunki befarq bölmagan fuqarolar nafaqat korrupsiya haqida bong urdi, balki ijtimoiy himoya tizimidagi böşliqlarni ham töldirdi.

Bunday dinamikaga qaramay, pandemiya çözilib borar ekan, asosan internetda joylaşgan va gurkirab ösib borayotgan fuqarolik faolligi ortib borayotgan bosimlarga duç keldi. Bu – hokimiyatdagilarning kayfiyati tez özgarayotgani bilan boğliq; aftidan, ular fikr bildiriş va uyuşiş huquqiga toqat bilan munosabatda böliş kerakmi yoki yöqligi borasida bir töxtamga kela olişmayapti», – deyiladi maqolada.

Ta’kidlanişiça, sönggi yillarda jahon miqyosida bölgani kabi Özbekistonda ham fuqarolik jamiyatining faolligi va jamoat birlaşmalariga birlaşişi onlayn platformalarga köçib ötmoqda – fuqarolar ijtimoiy tarmoqlarda bir neça minglab iştirokçiga ega guruhlarga a’zo böla boşlamoqdalar.

Xususan, Facebook'dagi «Xalq bilan muloqot / Dialog s narodom» (230 ming iştirokçiga ega), «Xalq fikri» – «Mneniye naroda» (175 ming iştirokçi), «Antikorrupsiya guruhi» – «Anticorruption Group» (52 ming iştirokçi), «Taşkent–SNOS» (23 ming iştirokçi) kabilar şular jumlasidan.

«Uşbu mört fuqarolik birlaşmalarining taqdiri hokimiyatdagilarning qançalik toqatli bölişiga boğliq, çunki bu guruhlar «kulrang zona»da joylaşgan – ular jamoat birlaşmasi sifatida röyxatga olinmagan va bunday bölişi ham şart emas», – deb yozadi mualliflar.

Kuzatuvçilarga köra, sönggi yillardagi sezilarli iqtisodiy islohotlarga qaramay, fuqarolik jamiyatiga oid siyosatning formal qoidalari avvalgidek qolmoqda.

«Şunday bölsa-da, norasmiy qoidalardagi özgarişlar faol uçinçi sektor paydo bölişiga imkon berdi. Özbekistondagi fuqarolik faolligi ortib borişi qonunlarda emas, manfiy qoidalarga toqat qiliş darajasi ortib borişida körinmoqda. Senzurani kamaytirib, fuqarolarga uyuşiş va öz irodalarini namoyon qiliş uçun köproq imkoniyat berilişi ortidan Özbekistonda fikr bildiriş erkinligi de-fakto ortib bormoqda», – deyiladi maqolada.