Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kreml G7’ning Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari taqdim etish rejasini Rossiyaga tahdid deb atadi
«Katta yettilik» davlatlarining Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini taqdim etish rejasi «o‘ta xavfli potensialga ega», bunday kafolatlar Rossiya xavfsizligiga raxna solishdir, deb fikr bildirilgan Kreml tomonidan. NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari taqdim etib, g‘arb tavakkalchilikka yo‘l qo‘yayotgani, biroq to‘liq «xavfsiz» variant qolmaganini tan olgan.
G7 davlatlarining Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini taqdim etish bo‘yicha rejalari «o‘ta xavfli potensialga ega», bunday kafolatlar taqdim etilishi Rossiya xavfsizligiga daxl qilishdir, degan RF prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov. Bu haqda «Interfaks» xabar qilmoqda.
«Ukrainaga qanaqa bo‘lmasin xavfsizlik kafolatlari taqdim etib, bu davlatlar xavfsizlikning bo‘linmasligi borasidagi xalqaro prinsiplarni hisobga olishmayapti. Ya’ni ular Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari taqdim etib, Rossiya Federatsiyasining xavfsizligiga raxna solishmoqda», — deya ogohlantirgan Peskov.
Peskovning so‘zlariga ko‘ra, bu «o‘rta, uzoq, hattoki yaqin istiqbolda ham o‘ta va o‘ta salbiy oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin».
Kreml matbuot kotibining qo‘shimcha qilishicha, bunday qarorlar qabul qilar ekan G7 davlatlari amalda «Yevropani uzoq yillarga yanada xavfli hududga aylantiradi». U yana Rossiya tomonidan javob choralari ko‘rilishiga ham shama qilgan: «Albatta, bu bizga ham yomon ta’sir qiladi va biz kelgusida nimalardan kelib chiqib harakat qilishimiz kerakligini hisobga olishga majbur bo‘lamiz», — degan Peskov.
11 iyul kuni NATO Ukrainani alyansga a’zo bo‘lish jarayonini soddalashtirishga rozi bo‘ldi. Tashkilot bosh kotibi Yens Stoltenbergning so‘zlariga ko‘ra, alyans a’zolari birdamlikka erishishsa, barcha shartlar bajarilsa, NATO Ukrainaga a’zolik uchun taklif jo‘natadi.
Keyinroq u G‘arb davlatlari Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini taqdim etib ma’lum bir tavakkalchilikka yo‘l qo‘yayotgani, biroq to‘liq «xavfsiz» variantning o‘zi yo‘qligini ta’kidlagan. «NATO bo‘yicha ittifoqchilar uchun tavakkalchilik elementlaridan zoli variantning o‘zi yo‘q», —degan Stoltenberg. U «Rossiya doim NATOning kengayishi bo‘yicha barcha fazalarga qarshilik qilib kelgani»ni ta’kidlagan.
Ukraina 2022 yil sentabrida NATOga tezlashtirilgan tartibda a’zo bo‘lish uchun ariza topshirgan edi. Stoltenberg o‘shanda Kiyev uchun «NATO eshiklari doimo ochiqligi»ni ta’kidlab, biroq Ukrainaning alyansga a’zoligini muhokama qilish faqat uning «g‘alaba»sidan keyin imkonli bo‘lishini aytgandi.
Oq uy esa urush «dinamik» ekanligi tufayli NATO Ukrainaning alyansga a’zo bo‘lishi borasida aniq muddat belgilay olmasligini e’lon qilgan. Shuningdek, Vilnyusda o‘tayotgan sammitda Ukraina NATO a’zosiga aylantirilsa, NATO va AQSh Rossiya bilan urush holatiga kelib qolishi ham ta’kidlab o‘tilgan.
Mavzuga oid
15:18 / 22.01.2026
Grenlandiya bo‘yicha bahs Ukrainaga ko‘mak haqidagi muzokaralarni izdan chiqardi
14:05 / 22.01.2026
RF Ukrainaga “Iskander” va qariyb 100 ta dron bilan hujum qildi
12:56 / 22.01.2026
Tramp Davosda Zelenskiy bilan uchrashmoqchi
10:13 / 22.01.2026