Sport | 01:32 / 02.08.2024
15216
1 daqiqa o‘qiladi

Parij-2024. Lazizbek Mullojonov yarimfinalga chiqib, medalni naqd qildi

Foto: Olympic.uz

Yozgi olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi boks bo‘yicha birinchi medalni naqd qildi. 

-92 kg vaznda Lazizbek Mullojonov chorakfinalda braziliyalik Keno Mashadoni 5:0 hisobida yengdi va kamida bronzani kafolatladi. 

Mullojonov 4 avgust kungi yarimfinalda Jyek Marli (Irlandiya) — Davlat Boltayev (Tojikiston) juftligi g‘olibiga qarshi ringga ko‘tariladi.

Mavzuga oid