2024 yilgi yozgi Olimpiya öyinlarida Özbekiston delegatsiyasi boksda uçinçi oltin medalni qölga kiritdi.
+92 kg vaznda Lazizbek Mullojonov finalda asli kubalik bölgan, Ozarboyjon vakili Alfonso Dominges bilan töqnaş kelib, 5:0 hisobida ğalaba qozondi.

Şu tariqa Özbekistonning Parij Olimpiadasida qölga kiritgan medallari 8 taga yetdi — 5 ta oltin, 3 ta bronza. Umumjamoa hisobida delegatsiya 14-öringa kötarildi.
Şuningdek, Özbekiston oltin medallar soni böyiça Rio-2016da örnatilgan rekordni (4 ta edi) yangiladi.

















