Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lazizbek Mullojonov ham Olimpiada finaliga chiqdi
U tojikistonlik raqibni ikkinchi raundda nokdaun holatiga ham tushirib qo‘ydi.

Foto: MOQ
Olimpiada boks bahslarida o‘zbekistonlik yana bir charmqo‘lqop ustasi yarimfinal bahsida ringga chiqdi.
-92 kg vazn toifasida Lazizbek Mullojonov tojikistonlik Davlat Boltayevga qarshi jang qildi. Yarimfinal bahsining uch raund yakunlariga ko‘ra (4:1), o‘zbekistonlik bokschi qo‘shni mamlakat sportchisidan ustun keldi.
U jang davomida, ikkinchi raundda raqibni nokdaun holatiga ham tushirib qo‘ydi.
Shu tariqa, Hasanboy Do‘smatov ortidan Lazizbek Mullajonov ham Olimpiada oltin medal uchun kurashadigan bo‘ldi.
Lazizbek Mullojonov Parijdagi turnirni italiyalik Aziz Abbosni mag‘lub etish orqali boshlagandi (4:1), chorakfinalda esa braziliyalik Keno Mashado to‘sig‘idan o‘tildi (5:0).
Endi u 10 avgust kuni, asli kubalik bo‘lgan, xalqaro turnirlarda Ozarboyjon nomidan ishtirok etadigan Alfonso Domingezga qarshi oltin medal uchun jang qiladi.
O‘zbekiston boks jamoasining yana uch vakili – Abdumalik Xalokov, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev va Bahodir Jalolov yarimfinalga chiqishgan.
Ular o‘z janglarini 6-8 avgust kunlari o‘tkazishadi.
6 avgust. 00:30
-71 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev – Omari Jones (AQSh)
7 avgust. 01:00.
+92 kg: Bahodir Jalolov – Nelvi Roman Tiafak (Germaniya)
8 avgust. 00:30.
-57 kg: Abdumalik Xalokov – Charliye Senior (Avstraliya)
Mavzuga oid

20:33 / 13.01.2025
Parij Olimpiadasining ko‘plab medallari nuqsonli bo‘lib chiqdi

18:15 / 13.09.2024
O‘zbekiston Paralimpiya harakatining oltin avlodisiz – Shavkat Mirziyoyev

21:04 / 07.09.2024
Xitoy qatorasiga oltinchi marta Paralimpiya o‘yinlarida g‘alaba qozondi

14:53 / 06.09.2024