Loğondan Parijga yöl - futbolçi bölişni orzu qilib, boksda Olimpiada çempioni bölgan Lazizbek Mullojonov uyidan reportaj
|14:05 / 16.08.202428 56011 min
Fransiyaning Parij şahrida bölib ötgan XXXIII Yozgi Olimpiada öyinlari özbekistonlik çarm qölqop ustalari uçun omadli keldi. Farğonalik boksçiLazizbek Mullojonov mazkur bahslarda 92 kilogrammgaça bölgan vazn toifasida raqiblariga imkoniyat qoldirmadi. Oltin medalni qölga kiritgan boksçi kuni keça özi tuğilib ösgan qişloq – Farğona tumanining Loğon qişloğiga, ota-onasi bağriga qaytdi. Kun.uz muxbiri çempion xonadonida bölib, sportçi va uning yaqinlari bilan suhbatlaşdi.
Oddiy qişloqning oddiy xonadoni bugun mehmonlar bilan tölgan. Çempion yigitni qutlaş uçun taşrif buyuruvçilarning keti uzilmaydi.
Lazizbekning onasi Dilafruz Husanovaning asli kasbi öqituvçi. U çempion öğlining yoşlik damlari, sportga kirib kelişi haqida sözlab berdi:
Gavdasi kattaligi uçun beşikka siğmagan
“Uç farzand onasiman. Lazizbek ikkinçi öğlim. Kattagina, pahlavon tuğilgan, böyi 54 sm edi. 9 oylik bölganida vazni 17 kgga çiqdi, unga boşqa qöşimça ovqat bermasdim. Bolamni 5 yoşigaça kökrak suti bilan boqqanman. Gavdasi katta bölgani uçun beşikka boğlamaganman, siğmagan ham.
Dilafruz Husanova, çempionning onasi
Laziz juda erkatoy bola edi. Futbolga juda qiziqardi. Öğillarim otalari bilan birga dam oliş kunini stadionda ötkazişardi.
Hamon yodimda. Lazizbek öşanda 3-sinfda öqirdi, öğlim yöldan ötayotganida “Damas” haydovçisi tösatdan çorrahada bola çiqib qolganini körib urib yubormaslik uçun muvozanatni yöqotib, örik daraxtiga urilib, maşinasining oynasi singan ekan. Öğlim qörqib ketganidan haydovçidan qoçib, maktabga kelib, meni izlab topib, orqamga bekinib oldi. Damas haydovçisi köz öngimda bolamni urgani uçun juda jahlim çiqdi. Undan xafa böldim. “Urmang bolamni” deya uni ham koyib berdim. Haydovçiga “otasi maşinangizni tuzatib beradi, lekin bolamni urmang” deganman öşanda.
Mavzuga oid
Va öşanda anglab yetdimki, bola doim özini himoya qilişlarini xohlar ekan. Har qanday bola özini himoya qilişni bilişi muhim ekan. Mana şu voqea öğlimning boksçi bölişiga turtki bergan bölsa ajab emas.
Lazizbek boğçaga borganida 2 yoş edi, ammo 4 yil 6 yoşlik bolalarning guruhida tarbiyalangan. Çunki juda şöx edi. Keyin 6 yoşida maktabga berganmiz. Bahor-yoz yoki qiş bölmasin, faqat maktab stadionida kuni ötardi. Keyinçalik turmuş örtoğimning jiyani jahon çempionati sovrindori Şerzod Husanov Lazizbekning boksga bölgan qiziqişini sezib boksga yönaltirgan.
Farzandingiz zarba yeganda yoki mağlubiyatga uçraganda baribir ezilar ekansiz. Boksda kimdir yutqazadi yoki yutadi. Ammo Hindistonda bölib ötgan turnirda Lazizbek yutqizib qöydi. Xullas turnir tugadi, heç kim menga bu haqida gapirmadi, ammo telekanalda körsatuvni körib yutqazib qöyganini bilib qoldim.
Öğlim jangdan keldi, söraşdim-u lekin uning közlariga qaray olmadim. Çunki uning ruhan ezilganini sezdim. Uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasini kuzatib turardim va ruhiy holati yomon ekanligini bilib siqilganman juda. Bu ona uçun juda oğir narsa aslida.
Lazizbekning zarba yeyişini kuzatib tura olmayman. Jang bölayotganida çiqib ketaman doim. Öyinning oxirida uyga kiraman. Mana bugungi öyinda bolamning maşaqqatli mehnatlari öz samarasini berdi, öğlim ğalaba qozondi. Hammamiz bundan xursand böldik, buni söz bilan ta’riflaş qiyin.
Mana öğlim çempioni böldi, dunyoni zabt etdi. Endi uni uylantirişimiz kerak”, deydi Lazizbek Mullojonovning onasi Dilafruz Husanova.
“Har bir sportçining ota-onasi farzandining jahon çempioni bölişini xohlaydi albatta. Mana Lazizbek ham jahon çempioni böldi. Bizning oilamiz sportçilar oilasi bölgani uçun Lazizbekning sport sohasiga qiziqişini vaqtida anglab yetganmiz.
Hasanjon Husanov, çempionning otasi
Şuningdek, katta akamning farzandi ham sport sohasi böyiça yurtimiz bayroğini jahon arenalarida ança yillardan beri yuqoriga kötarilişiga sababçi bölib kelayotgan yoşlardan. Şarof Husanov, Şerzod Husanov ham jahon çempionati, olimpiada qatnaşçisi hisoblanadi. Lazizbek va Azizbekni yoşliklarida futbolga yönaltirganman. Ular bir muddat futbolga qatnab yurişdi va jiyanim Şerzod Lazizbekning boksga qobiliyati borligini aytgan edi. Boşida qarşi bölganman bunga, lekin keyinçalik rozi böldim. Qarşilik qilganimning sababi boksda jarohat oliş juda xavfli. Yana öğlimning futbolga talanti bor deb öylab yurardim. Lekin mana hozir jahon çempioni bölib, işonçni oqladi.
Ota-ona sifatida farzandining jang qilayotganini köriş juda qiyin narsa. Buni farzandi boksçi yoki sportçi bölgan ota-onalar yaxşi tuşunişadi. Öğlim jahon çempioni böldi, bundan juda xursand böldim. Rostini aytsam xursandçiligimning çeki yöq. Bu hissiyotni gapirib söz bilan ta’riflay olmayman.
Lazizbek çempion bölgunça maşaqqatlar çekdi. Mağlubiyatlarga uçradi. Şuningdek Lazizbek 105 yoki undan ortiq vazn bilan yurardi. Olimpiada iştirokçisi böliş uçun 92 kg vazn egasi bölişi kerak edi va u 15 kggaça vazn taşlaşiga töğri keldi. Va bu vaznni uşlab turişi ham kerak edi. Bu ança qiyin masala aslida. Lekin buni uddaladi. Bu ğalabani qöllab-quvvatlagan hukumatimizga, prezidentimizga, Boks federatsiyasiga, murabbiylar qömitasiga minnatdorçiligimni bildiraman. Qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlaşdi. Bu e’tiborlardan çeksiz minnatdormiz”.
“Şohsupada közyoşimni tiya olmadim...”
“Bolaligimda futbolçi bölişni orzu qilardim, keyinçalik boksga qiziqa boşladim. Amakim futbol jamoaviy öyin, bu orqali bir natijaga erişiş murakkabroq, futbolni 11 kişi öynaydi, boksda özing uçun harakat qilasan deganlar.
Lazizbek Mullojonov
Şu sababli yakka sport yölidan ketdim. Boşida qiziqmaganman, ammo keyinçalik maşğulot jarayonlariga qatnaşib yurib, boks musobaqalariga qiziqişim ortdi. Ğalabaga erişib boşlaganimda yana ham boksga bölgan qiziqişim ortib bordi. Şerzod akam meni keyinçalik boşqa murabbiyga topşirdilar, Alişer Töyçiyevga. Biz ular bilan ança vaqt öz ustimizda işladik, Osiyo çempionatlarida, Özbekiston çempionatlarida va mana jahon çempionatida ham yutuqlarga erişib kemoqdamiz. Bundan juda mamnunman. Va ota-onam ham bunda menga har qanday şaroitni yaratib berişgan, ularga buning uçun öz minnatdorçiligimni bildiraman. Işonçlarini oqlayotganimdan xursandman.
Aslida 92 kgdan yuqori vaznda jangda olib borar edim, ammo Serbiyadagi çempionatda mağlubiyatga uçradim, lekin xuddi şu vaznda Osiyo çempioni böldim. Murabbiylar qömitasi şu vaznda Bahodir Jalolovni jahon çempionatiga çiqaradigan bölişdi va menga 92 kg vaznga qaytişing kerak deyişdi. Rozi böldim va 15 kg vazn taşlaş uçun harakat qildim. Bu albatta oson bölmadi. Şu vaznni uşlab turgandan keyin yana jangda ham qatnaşiş kerak edi. Menga federatsiya tomonidan şaroitlar yaratib berildi va Toşkentda bölib ötgan jahon çempionatida 3-örinni oldim. Bu öyinni muhtaram prezidentimiz ham körgan ekan. Olimpiada ötganidan keyin prezidentimiz bilan telefon orqali suhbatlaşdik va öşanda ular menga işonçlarini bildirdilar, men bundan juda xursand böldim. Va olimpiadada ham şu vaznda kuraşdim va oltin medalni qölga kiritdim.
Olimpiadaga borgunimgaça ruhiy stresslar keçdi, bunda raqibdan qörqiş emas, vatan şa’nini himoya qila olamanmikan, degan hayajon böladi odamda. Buning ustiga 13 kg vazn taşlaş, buni uşlab turiş ança murakkab masala rosti. Finalda ğalaba qozonganimdan keyin özimni uşlab turişga harakat qildim, lekin şohsupaga kötarilganimda köplab davlatlardan kelgan muxlislar oldida vatanimiz bayroği eng yuqoriga kötarilganda, madhiyamiz yangraşni boşlaganda öz hissiyotlarimni uşlab tura olmay közimga yoş keldi. Bu albatta, xalqimiz, prezidentimizning menga işonçi orqali böldi.Qişloğim, vatanim uçun kuraşdim”.
Ğalabaga erişiş oson bölmadi
«Oilada 3 farzandmiz, men tönğiç öğilman. Kuni keça olimpiadada ukam birinçi örinni oldi. Bu darajaga erişiş oson bölmadi, çunki birin-ketin juda kuçli raqiblarga duç keldi.
Azizbek Husanov, Lazizbek Mullojonovning akasi
Ukam 13 yoşidan katta boksga qatnaşni boşlagan. Boşida futbolga borib yurardik, keyin boksga ötganmiz. Orada 3-4 ta professional janglarda qatnaşdik va keyin men boşqa sohaga qiziqdim. Tadbirkorlik qila boşladim va ukamga sport bilan şuğullanişi uçun şaroit qilib berdik. Mana hozir jahon çempioniga aylandi.
Bu ğalabaga erişiş yölida qiyinçiliklarga duç keldik. Lekin ota-onam bizga yaxşi şaroit yaratib beriş uçun harakat qilişgan doim. Bizning birinçi murabbiyimiz özimizning akamiz, Şerzod Husanov hisoblanadi. Ular ham boks böyiça jahon çempioni bölgan. 2 marta olimpiada qatnaşçisi bölgan. Men ham tadbirkorlik bilan bir qatorda professional jangda qatnaşib turaman. 3 ta jangda qatnaşgan bölsam barçasida ğoliblikni qölga kiritganman”, deydi çempionning akasi Azizbek Husanov.
“Lazizbek işonçni oqladi” – Şerzod Husanov
“Jiyanim Lazizbekning boksga kirib kelişiga özim sababçi bölganman, 2010 yildan beri boks böyiça katta murabbiy bölib işlaganimda katta jiyanim Azizbek oldimga kelgan.
Şerzod Husanov, çempionning qarindoşi
Keyinçalik Lazizbek ham bunga qatnaşa boşlagan. Şunda futbol maşğulotlariga qatnaşayotgan jiyanlarimni yaşirinça boksga olib ketardim, çunki amakim bunga qarşi edilar. Ammo murabbiy sifatida ularda boksçi qobiliyatini kördim va bunga ularni qiziqtirdim. Amakim juda köp qarşilik bildirgan, şunda ham ularni Quvasoyga olib borib şuğullantirar edim. Mana köp çempionatlarda iştirok etib, bolalar yaxşi natijalarga erişişmoqda. Hozirda amakim ham, kelinoyim ham rahmat aytişadi. Öşanda boksga olib kirganingiz uçun ham rahmat deyişadi. Yoşim 44 da ekanini inobatga olib, jiyanim uçun murabbiylikni Alişer Töyçiyevga topşirganman, ular 6-7 yil mobaynida birga şuğullanişadi. Jahon çempionatiga ham birgalikda tayyorgarlik körişdi, natija ham şunga yaraşa böldi”.
Sarvar Ziyoyev, Kun.uz
Operator va montajçi: Sardor Mamirov