O‘zbekiston | 08:32 / 16.03.2019
14399
2 daqiqa o‘qiladi

Jinoyat-protsessual va Fuqarolik kodekslariga o‘zgartirishlar kiritiladi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual va Fuqarolik kodekslariga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi joylashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksining 305-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilishi mumkin:

“305-modda. Mulkiy ziyonni qoplash manbai

Ushbu Kodeks 304-moddasining 1, 3, 4, 5 va 6-bandlarida ko‘rsatilgan ziyon mansabdor shaxslari zarar yetkazgan davlat organlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan, 2-bandida ko‘rsatilgan ziyon O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari tomonidan davlat budjeti hisobidan qoplanadi.”.

O‘zbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 991-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“Qonunga xilof tarzda hukm etish, qonunga xilof tarzda jinoiy javobgarlikka tortish, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishni yoki munosib xulq-atvorda bo‘lish haqida tilxat olishni qonunga xilof qo‘llanish, qamoq tariqasidagi ma'muriy jazoni qonunga xilof tarzda berish natijasida fuqaroga yetkazilgan zarar surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlari va sudning mansabdor shaxslari aybidan qat'i nazar, qonunda belgilangan tartibda mazkur davlat organlari tomonidan budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan to‘la hajmda qoplanadi, ushbu summa keyinchalik aybdor shaxsdan undirib olinadi.”.

Mavzuga oid