Jamiyat | 08:31 / 19.03.2024
24279
2 daqiqa o‘qiladi
Toshkentda Navro‘z sayillari tashkil etiladigan hududlar ma’lum qilindi
Toshkent shahar hokimligi Navro‘z bayrami munosabati bilan qaysi hududlarda sayillar tashkil etilishi bo‘yicha ma’lumot berdi.
Poytaxtda bayram kunlari asosiy tantanalar «Yangi O‘zbekiston» va «Navro‘z» madaniyat va istirohat bog‘larida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Shu bilan birga, tumanlarda ham Navro‘z sayillari bo‘lib o‘tadi. Bular:
- Bektemir tumani: Coca-Cola Garden bog‘i 19 mart kuni;
- Uchtepa tumani: «Seul eko bog‘i» 19 mart kuni;
- Shayxontohur tumani: Tashkent City bog‘i 19-23 mart kunlari;
- Yunusobod tumani: «O‘zekspomarkaz» hududida 20 mart kuni;
- Mirobod tumani: «Furqat» madaniyat va istirohat bog‘i 21-24 mart kunlari;
- Mirzo Ulug‘bek tumani «Markaziy istirohat bog‘i» 21-24 mart kunlari;
- Sergeli tumani: «Markaziy xiyobon» (mo‘ljal: Sergeli hokimligi) 21 mart kuni;
- Olmazor tumani: Yoshlik shaharchasi, Beruniy maydoni 19 mart kuni;
- Yakkasaroy tumani: Seoul Mun hamda Next ko‘ngilochar maskanlari 21-24 mart kunlari;
- Yangihayot tumani: Tashkent Index savdo majmuasi 20 mart kuni;
- Yashnobod tumani: «Ashxobod sayilgohi» 21-24 mart kunlari;
- Chilonzor tumani: «G‘afur G‘ulom» bog‘i 21-24 mart kunlari.
Mavzuga oid
08:36 / 23.03.2024
Navoiyda Navro‘z kunlari urush qahramonlari yo‘qlandi
10:25 / 19.03.2024
Bayramda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash uchun qancha harbiy xizmatchi safarbar etilishi aytildi
07:15 / 16.03.2024
Kelasi hafta o‘zbekistonliklarni uzun dam olish kunlari kutmoqda
20:19 / 13.03.2024