O‘zbekiston | 11:05
2715
1 daqiqa o‘qiladi

Turizm qo‘mitasida kadrlar almashinuvi: yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Hukumat qaroriga muvofiq, Suhrob Bobokalonov va Sanjar Tojiyev Turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosarlari lavozimiga tayinlandi. Avval mazkur lavozimda ishlab kelgan Jamshid Abdusalomov va Sardor Niyozov esa boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan vazifasidan ozod etildi.

Hukumat qarori bilan Suhrob Ramazonovich Bobokalonov hamda Sanjar Shuhratovich Tojiyev Turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosarlari etib tayinlandi

Ular turizm sohasini rivojlantirish, investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish, hududlarda turistik infratuzilmani kengaytirish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash kabi yo‘nalishlarda faoliyat yuritishi kutilmoqda.

Shu bilan birga, Jamshid Abdusalomovich Abdusalomov va Sardor Muxtorovich Niyozov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Turizm qo‘mitasi raisining o‘rinbosarlari lavozimlaridan ozod etildi.

Ma’lumot uchun, Turizm qo‘mitasi mamlakatda turizm salohiyatini oshirish, ichki va kiruvchi turizmni rivojlantirish, xizmatlar sifatini yaxshilash hamda sohada investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshiruvchi vakolatli organ hisoblanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid