Toşkent şahar hokimiga ikki nafar yangi örinbosar tayinlandi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Baxtiyor Xalimoviç Haydarov Toşkent şahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari lavozimiga tayinlangan.

Baxtiyor Haydarov

Baxtiyor Haydarov 1989 yilda Buxoro şahrida tuğilgan. U 2010 yilda Toşkent moliya institutini bakalavriat, 2012 yilda magistratura yönalişlarida tamomlagan.

Tayinlovga qadar Özbekiston prezidenti administratsiyasi Ijtimoiy sohada muhim taşabbuslarni işlab çiqiş boşqarmasi boşliği lavozimida işlagan.

U yangi lavozimda Hotambek Şokirov örnini egalladi. Muqaddam soliq qömitasi raisi örinbosari va Toşkent tumani hokimi lavozimlarida işlagan Şokirov 2019 yil mayidan buyon Toşkent şahri hokimi örinbosari edi.

Hotambek Şokirov

Şuningdek, Sanjar Şuhratoviç Tojiyev Toşkent şahar hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari böyiça örinbosari lavozimiga tayinlangan. 

Sanjar Tojiyev

Sanjar Tojyev 1981 yilda Toşkent şahrida tuğilgan. 2003 yilda Toşkent davlat Şarqşunoslik institutini bakalavriat, 2006 yilda magistratura yönalişlarida tamomlagan.

U bugunga qadar «The Mob» MÇJda boş direktor lavozimida faoliyat yuritgan.

2021 yil aprelidan buyon Toşkent şahri hokimining turizm böyiça örinbosari lavozimda işlab kelgan Faxriddin Dovruqov 2024 yil 3 iyun kuni prezident iştirokidagi yiğilişda tanqidga uçrab işdan olingandi