May oyi oxirida Toşkent şahar Madaniyat va turizm boş boşqarmasiga yangi rahbar tayinlangani ma’lum böldi. Madaniyat va turizm vazirligining xabariga köra, uşbu lavozimga Sanjar Tojiyev tayinlangan. U tayinlovga qadar şu boşqarma boşliğining 1-örinbosari lavozimida işlagan.
Bungaça mazkur lavozimni Abduvahob Saxiyev egallab kelayotgandi. U sud hukmi bilan jazoga tortilib, mansabdor böliş huquqidan mahrum qilinsa-da, ma’lum muddat lavozimida qoldi.

Jinoyat işlari böyiça Mirobod tuman sudining 2022 yil noyabr oyidagi hukmiga köra, Abduvahob Saxiyev hamda boşqarma boş hisobçisi Feruza Umarovaga nisbatan Jinoyat kodeksining 184-1-moddasi 2-qismi (juda köp miqdorda budjet va smeta-ştat intizomini buziş)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilgan.

Abduvahob Saxiyevga bazaviy hisoblaş miqdorining 60 baravari miqdorida jarima hamda Jinoyat kodeksining 45-moddasiga asosan 1 yil muddatga davlat organlarida rahbarlik lavozimlarida işlaş huquqidan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Joriy yil 14 mart kuni işni qayta körib çiqqan Toşkent şahar sudining jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati apellyatsiya şikoyatini qanoatlantirmagan, birinçi instansiya sudi hukmini özgarişsiz qoldirgan. Mazkur iş kassatsiya tartibida qayta körilayotgandi, ammo natijasi haqida jamoatçilikka ma’lum qilinmadi.
Toşkent şahar madaniyat boş boşqarmasi 2022 yilning ikkinçi yarmida, Abduvahob Saxiyevning rahbarligi davrida tanlovsiz şartnomalar va post-faktum tenderlar bilan “tilga tuşgandi”. Uşbu masalada suriştiruv olib borgan Kun.uz jurnalisti poytaxt hokimligi 6 ta festival uçun 18,2 mlrd söm sarflagani, qator şartnomalar tendersiz tuzilgani, qöşimça ravişda ötkazilgan tenderlar festivallar ötib bölganidan bir neça oy keyin taşkil etilgani va ularda ham töğridan töğri şartnomani olgan firmalar ğolib deb topilgani haqida yozgandi.
Köp ötmay Boş prokuratura uşbu holatda amalda bajarilmagan işlar va körsatilmagan xizmatlar uçun 8 mlrd sömlik budjet mablağlari talon-toroj qilingani haqida xabar











