Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chust tumani hokimligi mansabdorlari «Abdumalik» masjidini tadbirkorga sotib yuborgani ma’lum bo‘ldi
Namangan viloyatidagi «Abdumalik» masjidi 2018 yilda Chust tuman hokimining qarori bilan «qarovsiz va egasi aniqlanmagan bino» degan vaj bilan hokimiyat balansiga o‘tkazib olingan va sotib yuborilgan.
Bosh prokuraturaning ma’lum qilishicha, madaniy meros yodgorligi hisoblangan Chust tumanining Yangihayot mahallasida joylashgan «Abdumalik» masjidi XX asr boshiga mansub bo‘lib, u 2018 yilda Chust tuman hokimining qarori bilan «hashar yo‘li bilan qurilgan, hozirda qarovsiz qolgan, egasi aniqlanmagan bino» degan asossiz vaj bilan Madaniy meros inspeksiyasi balansidan hokimiyat balansiga o‘tkaziladi.
So‘ng tuman hokimligining tashabbusi bilan ushbu masjid binosi auksion savdolari orqali fuqaro T.A.ga 61 mln so‘mga sotib yuborilgan.
«Tuman hokimining 30.04.2019 yildagi qarori bilan ushbu madaniy meros obektini qayta qurishga noqonuniy ravishda ruxsat beriladi. Oqibatda, fuqaro T.A. tomonidan «Abdumalik masjidi»ning 61,1 kv metr shift qismining qaytadan ta’mirlanib, tusi o‘zgartirilgani natijasida unga 806,5 mln so‘m jiddiy zarar yetkazilgan», — deyiladi rasmiy bayonotda.
Hozirda Chust tuman hokimligi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:24 / 23.05.2026
Ehtiyotsizlik oqibati: hojatxonaga tushib ketgan bola qutqarildi
10:25 / 20.05.2026
Namanganda do‘l yog‘masligi uchun bulutlarga ta’sir ko‘rsatildi
11:51 / 21.04.2026
Namangandagi maktablar “Mutolaa” platformasida majburiy obunaga jalb qilinayotgani aytildi
08:35 / 20.04.2026