Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tulada halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning shaxsi ma'lum qilindi
Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, 2017 yil 10 fevral kuni Moskva vaqti bilan 16:05da Tula viloyati, Chernsk tumani, Popovka qishlog‘idagi «Maksim Gorkiy» MChJ omborxonasining tom qismi qulab tushishi oqibatida 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi voqea joyida halok bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligining Axborot xizmati xabar bermoqda.
Vazirlik halok bo‘lganlarning shaxsiga oydinlik kiritgan. Ular:
1. Oybek Iskandarov, 1992 yilda tug‘ilgan.
2. Xurshid Qurbonov, 1992 yilda tug‘ilgan.
3. Xasanboy Ro‘zimetov, 1992 yil tug‘ilgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, ayni damda O‘zbekiston Respublikasi FVV va TIV tomonidan vafot etganlarning oila a'zolariga zaruriy yordam ko‘rsatish choralari olib borilmoqda.