O‘zbekiston | 13:45 / 05.04.2026
16647
2 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda YTH oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi 

Ayanchli YTH 4 aprel kuni Forish tumani hududida sodir bo‘lgan: Nexia haydovchisi quvib o‘tish qoidasini buzib, Cobalt bilan to‘qnashgan. Qurbonlar orasida Xitoy fuqarosi ham bor.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Jizzax viloyati Forish tumanida insonlar o‘limi bilan bog‘liq ayanchli YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.

Unga ko‘ra, YTH 4 aprel kuni soat 16:05 larda «Jizzax-Bog‘don-Qizilcha» yo‘lida sodir bo‘lgan. Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida yashagan 27 yoshli U.B. Nexia mashinasini boshqarib borayotib, quvib o‘tish qoidasini buzgan. Oqibatda Nexia qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan, Forish tumanida yashagan 35 yoshli B.A. boshqaruvidagi Cobalt bilan to‘qnashgan.  

YTH oqibatida har ikki mashina haydovchisi, shuningdek, Nexia mashinasida yo‘lovchi sifatida ketayotgan Xitoy davlatining 54 yoshli fuqarosi voqea joyida halok bo‘lgan. Cobalt mashinasida yo‘lovchi sifatida ketayotgan 2 kishi esa shifoxonada vafot etgan.

Kun.uz’ning boshqa bir manbasi esa ushbu YTHda 7 kishi – 5 kishi voqea joyida, 2 nafari esa shifoxonada halok bo‘lganini aytmoqda. Hodisa yuzasidan hozircha rasmiy axborot berilmadi.

Avvalroq Navoiyda ikki mashina to‘qnashuvida 5 kishi vafot etgandi

Руслан Сабуров
Tayyorlagan Руслан Сабуров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid