Oliy Majlis Qonunçilik palatasi «Vijdon erkinligi va diniy taşkilotlar töğrisida»gi qonun loyihasini uçinçi öqişda körib çiqib, qabul qildi.
Deputat Inomjon Qudratovning Kun.uz'ga ma'lum qilişiça, qizğin muhokamalarga boy ötgan majlisda qabul qilingan qonun loyihasi 10 kun muddatda Senatga yuboriladi.
Ma'lumotlarga köra, loyiha e'lon qilinganidan buyon (2020 yil avgust oyida) aholi, xalqaro taşkilotlar va mahalliy ekspertlar tomonidan 700dan ortiq taklif kelib tuşgan. Loyiha qömita va partiyalar fraksiyalarida ham keng muhokama qilingan.
Deputatlar yangi qonun loyihasida aholini qiynab kelayotgan muammolardan biri – fuqarolarning jamoat joylarida ibodat liboslarida yurişlariga yöl qöyilmasligi haqidagi çeklovni olib taşlaşgan.
Loyihada diniy taşkilot tuziş uçun taşabbuskorlar soni 100 nafardan 50 nafargaça tuşirilib, diniy taşkilotlarni davlat röyxatidan ötkaziş tartib-taomillari yengillaştirilgan. Xususan, taqdim etiladigan hujjatlar soni qisqartirilib, ularni notarial va boşqa körinişlarda tasdiqlaşga oid talablar bekor qilingan, davlat xizmatlari töliq elektron körinişda amalga oşirilişi va röyxatdan ötkazişni rad etiş asoslari aniq belgilangan. Diniy taşkilotni röyxatdan ötkaziş böyiça berilgan arizani körib çiqiş muddati 3 oydan 1 oyga tuşirilgan.
Şuningdek, Inomjon Qudratovning aytişiça, davlat idoralarining diniy taşkilotlar faoliyatiga aralaşişi qisqartirilgan. Sohada vakolatli va kömaklaşuvçi organ sifatida Din işlari böyiça qömita qoldirilgan.
Qonunçilik palatasining yana bir deputati Alişer Qodirovning ma'lum qilişiça, deputatlar fuqarolarning jamoat joylarida ibodat liboslarida yurişlariga yöl qöyilmasligi haqidagi çeklov olib taşlanişi kerakligini töliq ma'qullaşgan.
Lekin uşbu qonunga uzviy boğliq bölgan Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 184-1-moddasi öz kuçida qolmoqda.
Qonunga köra, «Özbekiston Respublikasi fuqarolarining (diniy taşkilotlarning xizmatidagilar bundan mustasno) jamoat joylarida ibodat liboslarida yurişlari bazaviy hisoblaş miqdorining beş baravaridan ön baravarigaça miqdorda jarima solişga yoki ön beş sutkagaça muddatga ma'muriy qamoqqa olişga sabab böladi».
Agar jamoat joylarida ibodat libosida yurişga doir çeklovlar olib taşlansa, bu modda yangi qonunga teskari kuçda bölib qoladi. Şu sababli deputatlar Din işlari böyiça qömitaga MJtKning 184-1-moddasini bekor qiliş böyiça taklif işlab çiqiş va bu boradagi işlarda taşabbuskor bölişlari kerakligini aytgan.

















