O‘zbekiston | 12:23 / 29.08.2016
18227
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistondagi mahalliy telekanallar xorijiy eksklyuziv ko‘rsatuvlarni namoyish etadi

Foto: mtrk.uz

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi (MTRK) xorijiy ko‘rsatuvlarni sotib olish huquqi uchun litsenziyani qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (MTRK) teleradioefirlarga chet ellik ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini joylash uchun litsenziya huquqini qo‘lga kiritish bo‘yicha import shartnomalarini tuzish huquqiga ega bo‘ldi, bunda tender savdolari o‘tkazilmaydi.

Vazirlar Mahkamasining 23 avgustdagi qaroriga muvofiq, shartnomalar tuzishga MTRK badiiy kengashi qarorlari asos bo‘ladi.

Badiiy kengash tuzgan xorijiy ishlab chiqaruvchilar teleradiomahsulotlari ro‘yxatini MTRK raisi tasdiqlaydi. Rais uning milliy urf-odatlar va umummilliy madaniy qadriyatlarga mosligi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi.

Lisenziyali huquqni qo‘lga kiritish bilan bog‘liq xarajatlar MTRKning ushbu maqsadlar uchun ko‘zda tutilgan byudjyet va byudjyetdan tashqari mablag‘lari doirasida amalga oshiriladi.

Markaziy bankka tegishli banklar bilan birgalikda lisenzion huquqlarni xarid qilish bo‘yicha import shartnomalarga to‘lovlarni amalga oshirish uchun mablag‘larni xorijiy valyutalarga konvertatsiya qilishni ta'minlash tavsiya etildi.

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimida 14ta telekanal («O‘zbekiston», «Yoshlar», «Toshkent», «Sport», «Madaniyat va Ma'rifat», «Dunyo bo‘ylab», «Navo», «Mahalla», «Kinoteatr», «Oilaviy», «Diyor», «UzHD», «Play TV» va «Bolajon»), 4ta radiokanal hamda 12 ta hududiy bo‘linmalar mavjud.

Mavzuga oid