Boş vazir kotibiyati rahbari Abduraşid Jöraboyev MTRKning yangi raisi etib tayinlandi. U bu lavozimda Alişer Xöjayevning örnini egalladi.
U muqaddam Oliy Majlis Qonunçilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qömitasi raisi, Vazirlar Mahkamasining Yoşlar siyosati, madaniyat, ma’naviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat taşkilotlari masalalari kotibiyati mudiri, 2019 yil sentabridan prezidentning yoşlar, fan, ta’lim, soğliqni saqlaş, madaniyat va sport masalalari böyiça maslahatçisi örinbosari bölib işlagan, 2023 yil fevralida boş vazir kotibiyati rahbari lavozimiga tayinlangandi.
Bundan oldinroq, amalda 2005 yildan buyon (orada 2017 yilda sakkiz oylik tanaffus yuzaga kelgan) MTRKga rahbarlik qilgan Alişer Xöjayev işdan ketgani xabar qilingandi.








