Milliy teleradiokompaniya (MTRK) raisi Alişer Jöraquloviç Xöjayev lavozimidan ozod etildi.

Alişer Xöjayev 1963 yili Toşkent viloyatida tavallud topgan, 1985 yili Samarqand davlat universitetini tamomlagan.

U 1985–1993 yillarda Özbekiston Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy-tekşiriş institutlari, işlab çiqariş birlaşmalarida faoliyat olib borgan, 1993–1996 yillarda NKK firmasida tizim muhandisi bölib işlagan.

Alişer Xöjayev 1996 yildan rahbarlik lavozimlarida faoliyat yurita boşlagan. 1996 yildan 1998 yilga qadar «KomUzAziya» kompaniyasida, 1998–2001 yillarda esa UzPAK kompaniyasida boş direktor lavozimida mehnat qilgan.

2001–2002 yillarda Özbekiston prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengaşi kotibi örinbosari, 2002–2005 yillarda Özbekiston Aloqa va axborotlaştiriş agentligi rahbari örinbosari sifatida faoliyat körsatgan. Şundan keyin 2005 yil 15 aprelidan 2017 yil yanvariga qadar Milliy teleradiokompaniyaga rahbarlik qilgan, yil boşida tanqidga uçrab işdan ketgan, lekin bir muddatlik tanaffusdan keyin, 2017 yil avgustida yana şu lavozimga qaytgandi.

Uning bu safargi ketişi tafsilotlari ma’lum emas.