Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Yaponiya bosh vaziri nomidan uyushtirilgan rasmiy qabul marosimida ishtirok etdi
O‘zbekiston yetakchisini Yaponiya bosh vaziri Sanae Takaichi kutib oldi.
Tokioga tashrifning birinchi kuni - 19 dekabr yakunida prezident Shavkat Mirziyoyev Akasaka saroyida Yaponiya bosh vaziri nomidan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari sharafiga o‘tkazilgan rasmiy qabul marosimida ishtirok etdi.
O‘zbekiston yetakchisini Yaponiya bosh vaziri Sanae Takaichi kutib oldi.
Tadbirda Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham qatnashdi.
Davlat rahbarining Yaponiya hukumati rahbari bilan muzokaralari hamda “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqotining birinchi sammiti doirasidagi asosiy tadbirlari 20 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.







Mavzuga oid
08:31 / 30.03.2026
Yaponiya ko‘mir issiqlik elektr stansiyalari uchun cheklovlarni yumshatadi
22:25 / 24.03.2026
Yaponlar o‘z uyida qanday qilib mukammal ozodalikni saqlaydi?
22:15 / 24.03.2026
Olimlar Oyda ulkan energiya kamarini qurmoqchi – bu insoniyatni energiya bilan ta’minlaydi
12:24 / 24.03.2026