O‘zbekiston | 15:09 / 25.07.2025
1711
1 daqiqa o‘qiladi

Anqaradan Toshkentga malakali o‘qituvchilar jalb etiladi

O‘zbekiston elchisi Ilhom Haydarov Turkiya Savdo palatalari va tovar birjalari ittifoqi (TOBB) prezidenti Rifat Hisarjikliog‘lu bilan uchrashdi.

Foto: Dunyo

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarning bugungi kun holati hamda istiqbollari muhokama qilindi.

TOBB ETÜ universiteti bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish, Anqaradan Toshkentga malakali o‘qituvchilarni jalb etishga e’tibor qaratildi.

Tomonlar TOBB huzuridagi Turkiya iqtisodiy siyosat tadqiqot jamg‘armasi faoliyati bilan tanishib chiqish hamda uning tajribasini va imkoniyatlaridan foydalanish yuzasidan kelishuvga erishdi.

Muloqot chog‘ida to‘qimachilik, charm-poyabzal, qurilish materiallari ishlab chiqarish, shisha, mebelsozlik, farmatsevtika va zargarlik sohalarida o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida joriy yil kuz faslida Istanbul shahrida "O‘zbekiston investorlar kuni"ni birgalikda tashkil etish taklifi qo‘llab-quvvatlandi.

Mavzuga oid