Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada kurerlarni robotlar bilan almashtirish rejalashtirilmoqda
Moskva shahri ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Oleg Baranovning so‘zlariga ko‘ra, shu kunlarda poytaxt politsiyasiga kelgusida kurerlar o‘rnini egallashi ko‘zda tutilgan robotlar taqdim etilgan.
«Biz Moskva hukumati va Yandeks kabi yirik tashkilotlar bilan ulkan ishlar olib boryapmiz. Yaqinda bizga kelgusida yetkazib beruvchi kurerlarni almashtirishi kerak bo‘lgan mobil komplekslarni taqdim etishdi. Ammo hozir xavfsizlik masalalari ishlab chiqilmoqda», – degan Baranov Moskva shahar dumasida ichki ishlar organlarining 2025 yildagi faoliyati bo‘yicha hisobot berish asnosida.
U hozirda sa’y-harakatlar robotlarni «barcha uchun itoatkor va mutlaqo xavfsiz qilish» uchun qaratilganini qayd etgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, robot tezligi soatiga 3-5 kilometrni tashkil etib, bu harakatning boshqa ishtirokchilariga xalal bermasligi kerak.