Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh davlat kotibining iqtisodiyot va biznes bo‘yicha yordamchisi birinchi o‘rinbosari O‘zbekistonga kelyapti
Foto: Kedubes AS
2018 yilning 12 sentabr kuni AQSh Davlat departamenti delegatsiyasi O‘zbekistonga keladi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.
Delegatsiyaga AQSh davlat kotibi iqtisodiyot va biznes masalalari bo‘yicha yordamchisining birinchi o‘rinbosari Brayan MakFiters boshchilik qiladi.
Tashrif dasturida Vazirlar Mahkamasida, Tashqi ishlar, Tashqi savdo, Iqtisodiyot, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirliklarida muzokaralar o‘tkazish ko‘zda tutilgan bo‘lib, mazkur uchrashuvlar chog‘ida savdo-iqtisodiy va investitsion sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQShning xalqaro diniy erkinlik masalalari bo‘yicha elchisi O‘zbekistonga kelayotgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
17:05
AQShda Federal zaxira tizimi raisi Jyerom Pauellga nisbatan tergov boshlandi
13:02
Ukraina litiy qazib olish huquqlarini amerikalik investorlarga berdi
20:24 / 12.01.2026
Eron hukumati namoyishlarni to‘liq nazoratga olganini ma’lum qildi
15:21 / 12.01.2026