Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikada tonnalab oltin va kumush ortilgan yuk mashinasi o‘g‘irlandi
33 tonna oltin va kumush konsentrati o‘g‘irlangan. Yuk egasi bo‘lgan kompaniya millionlab dollar zarar ko‘rdi.
Foto: Blomberg
Meksikada qurolli jangarilar millionlab dollarlik tonna oltin va kumush konsentrati bo‘lgan yuk mashinasini o‘g‘irlab ketdi. Bu allaqachon Meksikaning tog‘-kon sanoati sohasidagi eng yirik o‘g‘irlik deb ataldi.
Grupo Minero Bacis kompaniyasiga tegishli yuk mashinasi 33 tonna oltin va kumush rudasi konsentrati ortilgan tirkama olib ketayotgan edi. Bu asl rudaga qaraganda yuqori konsentratsiyali qimmatbaho metallarni o‘z ichiga olgan yarimtayyor mahsulot. Sof metallni olish uchun konsentratni ixtisoslashgan zavodlarda eritish kerak.
Hujum Durango shahridan Manzanillo portiga olib boruvchi shosseda sodir bo‘ldi. Kompaniya xabariga ko‘ra, hujumchilar yuk mashinasini ikkita oq avtomobil bilan to‘sib qo‘ygan, haydovchi va qo‘riqchilarga tahdid qilgan va ularni bir yarim soat davomida garovda ushlab turgan. So‘ngra ular odamlarni sog‘-salomat qo‘yib yuborgan, lekin qimmatbaho yuk ortilgan mashina va tirkamani o‘g‘irlab ketgan. Keyinchalik politsiya faqat mashinani topdi, tirkama esa haligacha topilmadi. Yukning aniq qiymati kompaniya tomonidan oshkor qilinmayapti, biroq u millionlab dollarlarni tashkil etadi.
El Financiero nashrining yozishicha, kompaniya nufuzli tadbirkor Xose Xayme Gutiyerres Nuniyesga tegishli bo‘lib, u Meksikaning milliy tog‘-kon sanoati va biznes muhitida katta rol o‘ynaydi. Bugungi kunda Grupo Minero Bacis Meksikadagi eng yirik oltin, kumush, rux va qo‘rg‘oshin ishlab chiqaruvchi kompaniya hisoblanadi. Nuniyes Grupo Minero Bacis direktorlar kengashini boshqarishdan tashqari yana 12 kompaniyaning raisi hisoblanadi.
Bloomberg nashrining ta’kidlashicha, Meksikada bunday o‘g‘irliklar tez-tez uchraydi. Politsiya statistikasiga ko‘ra, har 50 daqiqada talonchilikka urinish qayd etiladi. 2025 yil dastlabki ikki oyida esa o‘g‘irliklarning umumiy soni o‘tgan davrga nisbatan 30 foizga ko‘paygan. Biroq, 33 tonna konsentratning o‘g‘irlanishi Meksikaning tog‘-kon sanoati sohasida barcha yillardagi eng yiriklaridan biri hisoblanadi.
Mavzuga oid
18:35 / 09.01.2026
Tramp Meksikadagi narkokartellarga qarshi ehtimoliy harbiy operatsiyani e’lon qildi
12:05 / 07.01.2026
Humans ilovasi orqali 2 mingdan ortiq shaxsning pullari o‘g‘irlangan – manba
14:39 / 06.01.2026
Germaniya tarixidagi eng yirik bank o‘g‘riligi: birinchi muhim dalil topildi
21:21 / 03.01.2026