Politsiya Gelzenkirxendagi Sparkasse banki öğirlanişi böyiça tergovda birinçi muhim dalilni oldi. Bu holat Germaniya tarixidagi eng yirik öğriliklardan biri sifatida baholanmoqda. Dpa agentligi duşanba, 5 yanvar kuni xabar berişiça, tergovçilar jinoyatçilarning avtomobiliga tegişli bölgan davlat raqam belgilarini aniqlagan.

Jurnalistlar ma’lumotiga köra, davlat raqamlari Dortmundda topilgan. Hozir ular haqiqatdan ham öğrilarga tegişli bölgan-bölmaganini aniqlaş uçun tekşiruv ötkazilmoqda.

Bild tabloidi yozişiça, uşbu raqamlar Dortmund vokzalidagi taksi turargohi yonida joylaşgan çiqindi konteynerida qoldirilgan bölgan. Bu haqda guvoh telefon orqali politsiyaga xabar bergan. Bundan oldin politsiya jinoyatçilar foydalangan deb hisoblangan avtomobillar suratlarini e’lon qilgan edi. Uşbu tasvirlarda maşinalarning raqamlari ham körinib turgan.

29 dekabr ertalab Gelzenkirxendagi Sparkasse filiali xavfsizlik xizmati bank omborida 3200 dan ortiq seyf-yaşiklar — pul, oltin va qimmatbaho buyumlar saqlanadigan qutiça/yaçeykalar buzib oçilganini aniqlagan. Jinoyatçilar omborga yondoş avtoturargoh tomonidan devorni teşib kirgan.

Dpa agentligi xavfsizlik xizmatlaridagi noma’lum manbalariga tayanib, zarar miqdori 100 mln yevro deb baholanayotganini xabar qildi.

Guvohlar körsatmasiga köra, 28 dekabr keçqurun köp qavatli avtoturargohda katta sumkalar kötargan erkaklar payqalgan. Kuzatuv kameralari yozuvlari esa ertasi kuni ertalab avtoturargohdan qora Audi RS 6 çiqib ketganini körsatgan — maşinaning içidagilar niqobda bölgan. Avtomobilning davlat raqami bundan oldin Hannoverda öğirlab ketilgan. Politsiyada öğrilarning harakatlari “juda professional” deb baholangan.

29 va 30 dekabr kunlari bank filiali binosiga norozi mijozlar kelgan. Köpçilik öz yöqotişlari suğurta qoplamasidan ança yuqori ekanini aytgan. Sparkasse bank tomoni esa har bir seyf 10 300 yevrogaça suğurtalanganini bildirgan. Jami taxminan 2700 kişi jabr körgan.