O‘zbekiston | 23:05 / 01.09.2020
10324
1 daqiqa o‘qiladi

Abituriyentlar imtihonga kepkada kelishi mumkinligi ma'lum qilindi

2020/21 o‘quv yili uchun OTMlar bakalavriatiga kirish test sinovlari ochiq maydonlarda tashkil etilayotgani sababli, abituriyentlar test sinovlariga bosh kiyim (kepka) bilan kelishlari mumkin, deb ma'lum qildi Davlat test markazi.

Avvalroq imtihonga kirishdan oldin abituriyentlarga tibbiy niqob va qo‘lqop bilan birga oq rangli kepka ham berilishi aytilgan edi.

Ma'lumot uchun, test sinovlariga pasport va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelish so‘ralgan.

Eslatib o‘tamiz, imtihonlar 2 smenada o‘tkaziladi. 1-smena 08:00dan 11:00gacha, 2-smena esa 17:00dan 20:00gacha davom etadi.

Ertalabki smenada soat 6:30dan boshlab, ikkinchi smenada esa soat 15:30dan boshlab sektorlarga kiritish ishlari boshlanadi.

Abituriyentlar imtihon vaqtidan kamida yarim soat oldin o‘z o‘rnini egallagan bo‘lishi kerak. Kechikkanlar imtihonga kiritilmaydi.

Mavzuga oid