“Test sinovlari uçun abituriyentlarga 2 soat vaqt beriladi. Ertalabki smenalar soat 8:00da boşlanib, 10:00da tugaydi, keçki smenalar esa soat 17:00da boşlanib, 19:00da yakunlanadi. Soat 10.00 va 17.00 oraliğida stadionda heç kim bölmaydi. Abituriyentlar maxsus dezinfeksion yölakdan ötadi, ularga tibbiy niqob beriladi hamda antiseptik vositalar işlatiladi. Test sinovlari stadionda bölayotganligini inobatga olib, abituriyentlarga qöşimça ravişda oq boş kiyim (kepka) tarqatiladi,” – dedi Karimov.
Şuningdek, Majid Karimov test sinovlariga ajratilgan vaqt nima sababdan 3 soatdan 2 soatga özgartirilganligiga izoh berdi.
“Har yili test sinovlari uçta fandan ötkazilar va uçta fanga uç soat vaqt berilar edi. Bu yil esa istisno tariqasida test sinovlari ikkita fandan ötkaziladi. Şaroitdan kelib çiqib, qöşimça fanlar olib taşlandi. Bundan taşqari, test sinovlari ança soddalaştirilgan va osonlaştirilgan”, dedi u.


















