«Avvalgi ikki yilgi tajribadan kelib çiqqan holda, test sinovlari birinçi smenda soat 8da boşlanadigan bölsa, abituriyentlar kamida yarim soat oldin tegişli binoda, test sinovlari ötkaziladigan sektorda öziga tegişli joyda ötirgan bölişi kerak. Şuni inobatga oladigan bölsak, test sinovlari soat 8:00da boşlanadigan bölsa, abituriyentlarni soat 6:30dan kiritişni taşkillaştiriş böyiça işlar olib borilyapti.

Ikkinçi smena ham xuddi şu tartibda. Abituriyentlar öziga belgilangan joylarga kamida 16:30da öziga tegişli joyda ötirgan bölişi kerak. Belgilangan vaqtdan keçikkan abituriyentlarni kiritilmasligi böyiça qoidalar bor», - dedi DTM boşqarma boşliği Diyorbek Qöçqorov.

Test sinovlari stadion va xiyobonlarda ötişi va abituriyent ruxsatnomasining şakli va tarqatiş tartibi masalalariga bağişlangan brifingda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga köra, ona tili fanidan rasmli testlar tuşişi haqidagi savolga ham javob berildi.

«Ötgan yili ba'zi fanlardan rasmli testlar bölgan edi. Ötgan yilgi tajribadan kelib çiqib, joriy yilda bu boşqa fanlarga ham qöllangan.

Savollar qiyinligiga keladigan bölsak, abituriyentlarga qöşimça şaroit yaratib beriş maqsadida test savollari ham ança soddalaştirilgan. Birinçi, ikkinçi, uçinçi qiyinçilik darajasi bölsa, uçinçi qiyinçilik darajasidagi (eng qiyin savollar) savollar soni kamaytirilib, birinçi qiyinçilik darajasidagi (eng oson savollar) savollar soni köpaytirildi.

Bundan taşqari, 3 soat vaqt ajratilyapti. Buni abituriyentlar uçun qöşimça qulaylik sifatida köriş mumkin», dedi Davlat test markazi direktor örinbosari Sardor Rajabov.

Avvalroq, DTM boşqarma boşliği Barno Rajabov Test sinovlariga haydovçilik guvohnomasi yoki pasport nusxasi bilan kirib bölmasligini aytgandi.