Jahon | 09:05 / 07.07.2025
2509
2 daqiqa o‘qiladi

OPEK+ mamlakatlari neft qazib olish hajmini yana oshiradi

Avgust oyidan boshlab OPEK+ mamlakatlari neft qazib olishni kuniga 548 ming barrelga oshiradi. Tahlilchilar hajmning kamroq o‘sishini prognoz qilgandi.

Foto: RIA Novosti/Maksim Blinov

Saudiya Arabistoni, Rossiya va OPEK+ neft eksport qiluvchi davlatlar alyansining yana olti asosiy a’zosi avgust oyida neft qazib olishni qo‘shimcha ravishda kuniga 548 ming barrelga oshirishini e’lon qildi. Tahlilchilar alyans may, iyun va iyul oylari uchun kelishilgan darajada kuniga 411 000 barrelga yangi qazib olishni oshirishga kelishib olishini kutgan edi.

Uchrashuv Isroil va Eron o‘rtasidagi 12 kunlik urushdan so‘ng bo‘lib o‘tdi, u neft narxini qisqa muddatda bir barrel uchun 80 dollardan oshib ketishiga sabab bo‘ldi. Ikki davlat o‘rtasidagi mojaro davomida dunyo bo‘ylab neft yetkazib berishning 20 foizi o‘tadigan Ho‘rmuz bo‘g‘ozi to‘silib qolishi mumkin edi.

Neft eksport qiluvchi davlatlar tashkilotining (OPEK) 12 a’zosi va ularning ittifoqchilaridan iborat OPEK+ ittifoqi narxlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 2022 yilda qazib olishni qisqartirishni boshladi, biroq Saudiya Arabistoni boshchiligidagi alyansning sakkiz a’zosi may oyida qazib olish hajmining sezilarli darajada oshishini e’lon qilib, bozorlarni hayratda qoldirdi, bu esa neft narxining pasayishiga olib keldi. O‘shandan beri neft narxi bir barrel uchun 65-70 dollar atrofida bo‘lib qoldi.

Mavzuga oid