Bugun, 10 oktabr kuni Olimpiya şon-şuhrati muzeyida Özbekiston Milliy tiklaniş demokratik partiyasi tomonidan Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg şahrida bölib ötgan boks böyiça jahon çempionati ğolib va sovrindorlarini taqdirlaş hamda ularga partiyaning a'zolik guvohnomalarini topşiriş tadbiri ötkazildi.


Tadbirda iştirok etgan Kun.uz muxbiri partiya rahbari Alişer Qodirovdan sönggi vaqtlarda köpgina muhokamalarga sabab bölayotgan – Özbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qöşiliş yoki qöşilmaslik masalasi, bu taşkilotning biz uçun öziga xos «minus» va «plyus»lari, şuningdek, partiyaning bu boradagi tutgan pozitsiyasi haqida kiçik intervyu oldi.
— Alişer aka, dastlab Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi haqida gaplaşsak, bu taşkilot öz a'zolariga nima beradi?

— Bu taşkilot öz nomi bilan Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi va taşkilotda iqtisodiy masalalar birlamçi bölişi kerak. Taşkilot özining boş taşabbuskori – Rossiya Federatsiyasi va uning atrofidagi mamlakatlarning (sobiq ittifoq mamlakatlari) iqtisodiy manfaatlarini muvozanatlaştiriş maqsadida taşkil qilingan. Lekin negadir, iqtisodiy tahlilçilar va siyosatçilar mazkur ittifoqni iqtisodiydan köra, köproq uzoq muddatli siyosiy maqsadlarni közlagan ittifoqqa öxşatişadi.
Keling, oçiqça gaplaşaylik, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi – nomi bilan iqtisodiy bölgan, ammo ortida yaşirin siyosiy maqsadlarni ham közda tutgan taşkilot. Buni bugun heç kimdan yaşirib bölmaydi. Bunday holatlarni tarixda özbek xalqi köp bora boşidan ötkazgan va yetarliça xulosalar qilib olgan, deb öylayman.
— Töğri aytasiz. Ayrim iqtisodçilarimiz «Bu taşkilot faqat iqtisodiy ittifoq va unga qöşilişdan xavotirga tuşiş kerak emas», deyişmoqda. Lekin har qanday iqtisodiy aloqa aslida siyosiy-ku.
— Albatta, siyosatga borib taqaladi. Özbekiston şu paytgaça ikki tomonlama aloqalar orqali öz manfaatlarini himoya qilgan. Bu yerda yana bir narsani tan oliş kerak, şu paytga qadar bizda iqtisodiy manfaatlarni himoya qilişda parlamentning roli juda zaif bölib kelgan. Juda köp davlatlarda iqtisodiy manfaatlar kuçli parlamentlar va parlamentlararo munosabatlar orqali himoya qilinadi. Bizdagi parlament uşbu masalalarda juda zaif harakat qilgan.

















