Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Anapada talaba miltiq bilan texnikumga hujum qildi. Qo‘riqchi o‘ldirilgan
Bu Rossiyada yil boshidan buyon kamida beshinchi shunday hujum bo‘lmoqda.
Yakov Potkin / TASS / Profimedia
Anapada talaba Sanoat texnikumi hollida o‘t ochdi. U ikki stvolli (qo‘shog‘iz) miltiqdan 13 bor o‘q uzgan, deb xabar berdi Rossiyadagi kuchishlatar tuzilmalarga yaqin bo‘lgan telegram-kanallar. Qurol talabaning qarindoshlaridan biriniki bo‘lgan. Hujum qilgan shaxs qo‘lga olingan, u hodisadan keyin qo‘lini ko‘tardi va politsiyaga taslim bo‘ldi, deb xabar berdi «ChP Anapa» telegram-kanali. Tergov qo‘mitasi holat yuzasidan jinoiy ish ochilganini ma’lum qildi.

Texnikum qo‘riqchisi o‘ldirilgan. Krasnodar o‘lkasi gubernatori Veniamin Kondratev qo‘riqchi «zarbani o‘ziga qabul qilib, zudlik bilan harakat qilgani va huquq-tartibot organlarini chaqirgani» hamda hujum qilgan shaxsni texnikumga kiritmaganini ma’lum qilgan. Yana ikki kishi o‘rtacha og‘irlikda jarohat olgan.
Texnikumga 17 yoshli o‘smir hujum uyushtirgan. Kuchishlatar tuzilmalarga yaqin bo‘lgan telegram-kanallar yozishicha, u Ilya O. bo‘lib, uning familiyasi ochiqlanmayapti. «Ostorojno, novosti» ma’lumotiga ko‘ra, Ilya 2025 yilda ijtimoiy tarmoqlarda o‘quv muassasalariga qilingan hujumlar bilan bog‘liq kontentlarni joylashni boshlagan. Bir necha kun muqaddam u tiktokdagi sahifasi tavsifidagi yozuvni «Gunohi yo‘q odam bo‘lmaydi» so‘zlariga o‘zgartirib qo‘ygan.
Yozishmalariga qaraganda, ushbu o‘smir texnikumga hujumni kamida 7 yanvardan buyon rejalashtirib kelgan, deb yozadi «Ostorojno, novosti». Avvaliga Ilya hujumni 20 fevral kuni amalga oshirmoqchi bo‘lgan. U otishmani go‘yoki pora berganiga qaramay, o‘ziga diplom berilmagani tufayli uyushtirgani haqidagi versiya ham bor. Bu haqda «ChP Anapa» telegram-kanali talabalardan biriga tayanib xabar bergan. Bu ma’lumot tasdig‘ini topmagan.
Hujumdan bir necha oy oldin – 2025 yil avgustida – texnikumda aksilterror mashg‘ulotlar o‘tkazilgandi, deb xabar beradi «Agenstvo». Texnikum mashg‘ulotlar «muvaffaqiyatli o‘tgani», kollektiv «favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda qanday harakatlanish bo‘yicha yuqori tayyorgarlik» namoyish etgani haqida hisobot e’lon qilgan.
Bu Rossiyada yil boshidan buyon o‘quv muassasalariga qilingan beshinchi hujum bo‘lmoqda. Bunday hujumlarning oxirgisi 7 fevral kuni Ufada kuzatildi. Undan oldinroq Krasnoyarsk, Kodinsk va Nijnekamskda shunga o‘xshash hujumlar amalga oshirilgandi.
Mavzuga oid
13:00 / 25.12.2025
Krasnodar o‘lkasida dron zarbasidan keyin neft mahsulotlari yonib ketdi
08:42 / 22.12.2025
Krasnodar o‘lkasi: dronlar quvur va 2 ta kemaga zarar yetkazdi
14:47 / 20.12.2025
Tayvanda qurolli hujum uyushtirgan shaxs o‘ndan ortiq odamni pichoqladi
07:50 / 24.12.2024