Krasnodar ölkasidagi Temryuk dengiz porti 25 dekabr, payşanba kuniga ötar keçasi uçuvçisiz apparatlar (dron) hujumiga uçradi. Bu haqda Rossiya janubidagi mintaqaning tezkor ştabi xabar qildi.

Hujum natijasida katta kölamli yonğin çiqqan bölib, u taxminan 2 ming kv. metr maydonni qamrab olgan. “Yonğinni öçirişga 70 nafar odam va 18 ta texnika birligi jalb qilingan, şu jumladan Krasnodar ölkasi böyiça RF FVV Boş boşqarmasi xodimlari ham”, — deyiladi xabarda.

Neft mahsulotlari saqlanadigan ikki rezervuar yongan. Dastlabki ma’lumotlarga köra, jabrlanganlar yöq.

Azov dengizining Temryuk qöltiğida joylaşgan Temryuk dengiz porti “Meçel” guruhiga tegişli. Port saytida qayd etilişiça, uning faoliyati umumiy yuklar, soçma va quyuq yuklarni qayta yuklaş bilan, şuningdek, işlab çiqariş va ombor quvvatlarini ijaraga beriş bilan boğliq. Temryuk Rossiya janubida suyultirilgan uglevodorod gazini eksport qiliş uçun asosiy port hisoblanadi, şu bilan birga neft yuklarini jönatişda ham qöllanadi.

5 dekabr kuni ham Temryuk porti ukrain dronlari hujumiga uçragan edi. Öşanda ham portda yonğin çiqqan va uni öçirişga 32 kişi hamda 8 ta texnika birligi jalb qilingan.

Noyabr oyida Ukraina Novorossiysk portiga ikki marta zarba bergan. 14 noyabr kungi hujum natijasida neft bazasi va sohil inşootlari şikastlangan, şundan söng “Transneft” portga neft quyişni töxtatgan.

10 noyabr kuni Ukraina ekipajsiz katerlari (dengiz dronlari) Qora dengizdagi eng yirik neft quyiş terminallaridan biri joylaşgan Tuapse dengiz portiga hujum qilgan. Katerlardan biri sohil çiziği yonida portlagan. 2 noyabr kuni ham Tuapse dronlar hujumiga uçragan, şundan keyin terminal infratuzilmasi va pirs yonidagi tanker şikastlangan. Şundan söng “Rosneft”ga qaraşli Tuapse neftni qayta işlaş zavodi işi töxtatilgan.